... (Ң ҳ ғ)
15.04.2009 .

Balki mendadur aybning hammasi,
Axtarish shart emas yiroqlardan hech.
Kezgim kelib yolgiz boglarni bugun,
Uzoq oyga tolgim, tark etgim kelar.

Bulbul sayroqilar, olamni lahzaga solib,
Allohim kechirgin bu xonishlarim.
Men ham bulbuldek shu bog ichra bugun,
Nechun xonish qilolmay, otaman tilsiz.

Atrofimda ot-olan osishin zimdan kuzatib,
Quyoshning botishin va tongda otishin korib.
Bu holni tafakkur etolmay, zikir etolmay,
Chumoli singgari Alloh naznida yurgim keladi.

Songi soatlarim oxirlab qolar har kuni,
Soniya ketidan daqiqa kelib, lahzaga solib.
Oshal manzil tomon yaqinroq borib,
Bur umir afsuslar qilgim keladi...

Vatan!

Sarson sarhadlarda qoldimku bugun,
Chorasiz qolgan kema singari.
Tonglaring qadrini his etib bugun,
Vatanim , Sajdagohim senga talpinib.

Hadislarni mutoala ayladim mudom,
Lek shuni angladim, Vatan muqaddas.
Har qarichin sev derlar, zarrasinchi, ayt?!
Axir aziz kormayunmi sahrolaringni?!

Yolboshchi sarkarda bolib har nafas,
Bobolar jang qilda kim deya mudom?!
Javob axtaraymu, ozimda yo yiroq!
Qoygan qadamim senmasmu Vatan?!

Kelajak avlodning ruhi tetikdur,
Olga saflarda bosmoqda qadam.
Qadim ajdodlarga davomchi bolib,
Vatan tuygusi ili osmoqda hamon.

Hikmat1!

Gar insonsan, odamiylik his etgil,
Gar insonsan, hotamtoylik kasb etgil.
Gar insonsan, iymoningni qilib ezoz,
Muhabbatla hayotingni nurafshon et.

Har nafasda, yaxshilikla safar etgil,
Har nafasda, ota-onang duosin ulug etgil,
Har nafasda, sevar yoring korib guldek,
Muhabbatla hayotingni nurafshon et.

Tabasumla, tongda kozing ochar bolgin,
Tabasumla, yor dostlarga quchog ochgil.
Tabasumla, hayotingni korib nurdek,
Muhabbatla hayotingni nurafshon et.

Ilm izlab ketar bolsang dunyo-jahon,
Olimlardek olamni etib doim ziyo-da.
Haqning haqiqatin oqib har vaqt,
Dunyo ilmin kelajakga etar bolgin.

Insonsan insonlikni qadr etgil,
Bandasan yaratganga shukr etgil.
Yurting sevib, har qarichin obod etib,
Yomonlikni ganim bilib, Yaxshilikla sayr etgil!

Hikmat2!!!

Ey notovon yaralgan inson,
Garchi odamsan nokasu beburt.
Yuraging gamga botganku butkul,
Axir bandasanmi, iblismi yoxud.

Ne uchun yomonlikni qilib qadrdon,
Ozgalar umrini qilib sar hisob.
Qadamin damba dam kozlab yuribsan,
Garib, Yaratgandan qorqmadingmu, ayt?!

Oh, bu dunyo qanchalar razil,
Men vayrondurman qahru gazabdan.
Ozligimni tanimoq qiyin bunchalar,
Lazzatlanish dardida ado bolibman.

Ammo, ne qilay sarsonman hamon,
Badbxtlar domida qolganman butkul.
Nola tortayin har vaqt, har qachon,
Najot bolmasa iyminimdan hech.

Yiglayin tunu-kun mayliga,
Mayliga olayin Alloh yolida.
Erta mashharda ne bolgay gumon,
Azobmi yo rohat, Rahmonga ayon!


Ishq

Navoiy ham gazal birlan yiglamish,
Koksinda armonlarin tark aylamish.
Ozni yod tutdi mudom, har safar,
Dil istagin bajo etmay, figon boglamish.

Yassaviy ne der edi, ul sozinda,
Bandasan qilgil yomonliqni tark.
Otkinchiyu foniydir bu dunyo,
Xok erding bolarsan albat yana gil.

Mashrabni der erdilar telba oshiq,
Unda yashar jismi, joni yoq edi.
Ishqi visolni der edi,ortab qalbin,
Songi sozin ham qildi u ishq aro.

Haq ishqi deya otdilar birma bir,
Basri-yu, Robiyalar singari.
Muhammadga asl ummatu vafodor,
To qiyomat ahliga ibrat boldilar.

Ey Abdulloh dilni pokla, haq ila,
Dilshod etmoqlikka bolib olamni.
Esla, sozing ne edi, bilgil mudom,
Song sozing ham bolmogidir shu.

Yodda tuting!

Aldamchi dunyoda aldandim bugun,
Beshafqat hayotda qoqildim hardam.
Qalbga quloq solmadim hech vaqt,
Gunohlarim ketidan quvibman har on.

********************************

Tangrim bergan umr o'tib bormoqda,
Keraksiz-noma'qul ish bilan har kun.
Behuda ishlarga sarf bo'lib bir-bir,
Hayot sarlavhasi yopildi butkul.

Ohirlagan umrim ayanchli edi,
Ajal farishtasi hamrohim bo'ldi.
Kalimam dildamas, tilimda edi,
Jon chiqar paytida muzlab qolibdi.

O'lim farishtasi ruhimni oldi,
Birma-bir dahshatli savollar berdi.
"Nega osiy eding foniy dunyoda?
Allohning amrini unitding anda!"

Savol-javob, og'irdir do'stlar,
Oxirat azobi undanda yomon.
Qizigan jahannam o'ti dahshatdir,
Azobin his etib turibman hardam.

Ko'zimiz vaqtida ochaylik do'stlar,
Qadrdon akajon, uka-singillar.
Har vaqtingiz ganimat, yodda tutingiz,
Umringiz so'ngida afsus qilmangiz!

Najot bergil!

Alloh kechir, avf etgil,
Istig'forim, tavbalarim qabul etgin.
Chiroyli bir sabr-toqat ato etgil,
Iymon bergil, insof bergil.

Shayton vas-vasasi, aldovidan,
Xirs-u, navsdan najot bergil.
Ko'nglimga bir poklik bergin,
Iymon bergil, insof bergil.

Munofiq-u, mushriklardan nari qil,
Bid'at, gumon, shubhalardan xalos qil.
Muslim-u, muslimaatga hamroh qilgin,
Iymon bergil, insof bergil.

Alloh rizosi uchun!!!

Bir bandaman gunohkor xolos,
Hayotimda savobim bir oz .
Bir telbaman ishqga mubtalo,
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Muhammadga ummat bo'ldimmi?
Yo shaytonga sherikmu yoxud?
To'g'ri yo'lni qay vaqt tanladim?
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Dunyo ishlarini qo'yaman ustun ,
Iymonimni yenganman butkul.
Osiylikni tan olib shu kun,
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Namoz vaqti kelgan bir paytda,
Ishim ko'p deb qilamiz rukuj.
Qalb muzlaganini tushundim bugun,
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Muallif: Abdulloh ibn Rahm al Buhoriy. (Toxtaev Dilshod Rahim ogli)

 
«   »

madrasa.uz