Исломий иборалар Принтер учун
13.11.2010 й.
Kundalik muomaladagi  Islomiy so’z va iboralar jadvali.

Musulmon bolaga Islomiy so’zlashuv odoblari, qo’llaydigan so’z va iboralar, kalimalarni ma’nolari va ularni qanday, qayerda aytish lozimligini kichikligidan yoshlariga moslab, tushunchalariga sozlab o’rgatib borishimiz lozim, zotan Alloh zikrini qancha ko’p dili va tiliga olmog’i uning Allohga shuncha yaqin bo’lishligi uchundir InshaAlloh.

Arabchadan transliteratsiya

O’zbekcha ma’nosi

English definition

Izoh, misol

 

Alhamdulillah

 

“Allohga hamd bo’lsin.”

 

 

 “Praise be to Allah. This phrase is said in thanks”

Tahmid, musulmonga eng yarashadigan, Allohga hamd aytadigan shukronalardan biri

 

Alhamdulillahi Robbil ‘Alamiyn

 

 

”Olamlar Tarbiyachisiga hamdlar bo’lsin”

 

 

"Praise be to Allah, the Lord of the worlds."

 

Musulmonning Allohga shukronasi, hamd aytish shakli.

 

Allahu A’lam

 

“Alloh bilguvchidir”

 

Allahu A’lam

“God knows”

Musulmon biror mulohaza bildirayotib doimo faqatgina Alloh hamma narsani bilguvchi, biz bandalar esa bilmaymiz degan hayolda bo’lishi lozim.

 

Astag’firu lillah

 

 

“Alloh kechirsin”

 

 

"I ask Allah forgiveness"

Musulmon Allohdan o’ziga mag’firat tilaganida aytadi, nafaqat o’ziga balki boshqa odam haqida gapirganda ham shunday deydi

 

A’uzu Billahi Minashaytonir Rojiym

 

 

“Shayton yomonligidan Allohdan panoh so’rayman”

 

 

 

 

 

 

 “I seek refuge from the accursed Satan”

Ushbu ibora Quron o’qish va boshqa hayrli amallardan avval “Bismillahir Ramonir Rahiym” dan oldin o’qiladi.

 

Assalamu Alaykum

 

 

“Sizga tinchlik bo’lsin”

 

 

 “Peace be unto you”

Musulmonlar shunday salomlashadilar

 

Assalamu Alaykum

va Rahmatullahi va

Barakatu

 

“Sizga tinchlik, Allohning rahmati va barakasi bo’lsin”

 

 

 

 “Peace be unto you and so may the mercy of Allah and His blessings”

It is the full version of the Islamic greeting.

To’liq salom berish shakli

 

Alayhis Salom

 

“Unga tinchlik bo’lsin”

(Qisqartmasi: AS)

 

 

 

 “Upon Him/Her Be Peace” It is often represented by the acronym (AS), or the English acronym of Peace Be Upon Him (PBUH).

Payg’ambarlar ismlari bilan birga qo’llanadi.

 

Allahu Akbar

 

 

“Alloh Buyukdir”

 

 “God is the Greatest”

Takbir. Musulmonning  eng ko’p  takrorlaydigan kalimasi bo’lib, azonda, namozda, hursand bo’lganlarida, eshitgan narsalarini tasdiqlashda, jonliq so’yganda kabi holatlarda aytadi.

 

Allahumma salli ala Muhammad

 

 

 “Ey Alloh Muhammadga rahmat yog’dir”

“Oh Allah bestow your mercy on Mohammed” A way to praise the prophet (PBUH).

Musulmon o’zining sevimli  Payg’ambari Muhammad sav ga tez-tez shu kabi Salovatlardan aytib yurmog’i juda savoblidir.

 

Amiyn

 

 Omiyn. Duo shakli bo’lib “Ey Alloh aytganimizni ijobat qil” ma’nosida aytiladi

 

A supplication (dua) meaning, "O Allah, respond to (or answer) what we have said".

Musulmon Yaratgan Allohdan nimaiki su’rab duo qilinganida ohirida Amiyn deydi.

 

Barakalloh

 

“ Alloh yarlaqasin”

"May the blessings of Allah (be upon you)."

Maqtovga sazovor, hayrli ish qilgan musulmonga aytiladi.

 

Barakallah Feek

 

 

“ Alloh yarlaqasin”

"May the blessings of Allah be upon you."

 

 

Bismillah

 

 

 

“Alloh nomi bilan boshlayman”

"In the name of Allah (God)".

Musulmon doim biron yahshi ish boshlashidan oldin shunday deyishi lozim, masalan ovqatlanishdan, yuvinishdan, uyiga kirishdan… oldin.

 

Bismillahir Rohmanir Rahiym

 

 

“Mehribon Alloh nomi bilan boshlayman”

“In the name of Allah, most gracious, most merciful”

To’liq shakli

 

Duo(a)

 

 Allohdan tilash, iltijo qilib su’rash

Supplication and Invocation to Allah - asking favours to Him

Musulmonning ibodat shakli bo’lib, Allohdan biron narsani chin qalbidan so’rashi duo deyiladi.

 

Eid Mubarak

Iyd al Fitr muborak

“Hayit(ingiz) muborak bo’lsin”

 “'Happy Eid”, Literally translated as “ (Have a) blessed Celebration”

Musulmonlar Ramazondan keyin bo’ladigan Hayit bayrami kuni hammani qutlab shunday deyishadi.

 

FiySabilillah

 

“Alloh yo’lida”

“In God's way”

Musulmon birovga sadaqa, hayr-ehsoni berganida yoki yordam berganida faqat “Alloh uchun, Uning yo’lida” deb niyyat qilib bersa yahshi ish, savob oladi,  lekin yahshiligini minnat qilsa, qaytarishini so’rasa yomon ish, gunoh bo’ladi.

 

 

Fiamaanallah

 

“Allohga omonat”, “Alloh panohida asrasin”

Fiamaanallah

Musulmonlar hayrlashayotganlarida  bir birlariga Allohning panohida sog’-omon bo’lishlarini tilab Fiamaanallah deydilar

 

Inna lillahi va inna ilahi Roji’un

 

 

 “Biz Allohning (bandalarimiz) va albatta, U zotga qaytguvchimiz”

To Allah we belong, and to him we will return”

 

Musulmon o’ziga yoki boshqa odamga biron musibat yetganida shunday deyishi lozim.

 

Inshaalloh

 

 

 “Alloh hohlasa”

“If Allah (God) wills” or “If Allah (God) wishes”

Musulmon kelajakda qiladigan ishlari yoki bo’ladigan narsalarni gapirganida shu ibora bilan birga aytishi lozim, chunki har narsa faqat Allohning hohishi bilan bo’ladi.

 

Jazak Allahu hayron

 

 

“Alloh sizni taqdirlasiz/mukofotlasin”

 

 “May Allah grant you (goodness)”

Musulmon unga biron kishi yahshilik qilganida, yordamlashganida shunday deb o’z minnatdorchiligini bildiradi, ya’ni rahmatini aytadi. “Jazakalloh” qisqa shakli.

 

La Ilaha Ilallah

 

 

”Allohdan o’zga iloh yo’qdir”

 

 “There is no (other) God except Allah”

 

 

La havla va la quvvata illa billah

 

 

“ Allohning qudrati va kuchige yetadigan kuch-qudrat yo’qdir”

 “There is no change/ transformation nor power/ strength except through Allah”

 Musulmon o’z ishonchini butkul Allohning qo’liga topshiradi va Allohga bag’shida etadi.

 

Ma'asalama

 

“Tinch bo’ling(boring)”

 

means “(farewell) with peace

Musulmonlar hayrlashayotganlarida bir birlariga tinchlik tilab “Maasallama” deydilar

 

 

 

 

 

 

MashaAlloh

 

 

“Alloh hohlagani(dek bo’libdi)

“Whatever Allah (God) wills”

Musulmon biron kishining yahshi ishidan yoki yutuqlaridan hayratlangan/quvongan holatida MashaAlloh deydi

 

Na’uzubillah

 

“Allohdan (shayton yomonligidan saqlashida) panoh so’raymiz/tilaymiz”

 “We seek refuge in Allah (from evil)”

“Nauzubillah min al-Shaytan al-Rajiym”ning qisqa shakli.

 

Nashiid

 

Islomiy qo’shiq, hamd aytish, bag’shlov qo’shig’i kabi, ammo odatda musiqiy asboblarsiz ijro etiladi.

An Islamic themed song, much like a song of praise, but usually sung without any musical instruments accompanying the performance.

 

 

Ramazan muborak

(bo’lsin) “Hayr barakali oy bo’lsin”.

Ramadhan Mubarak “Have a blessed month of Ramazan”

Musulmonlar Ramazon oyi kelganida bir-birlarini shunday deb qutlaydilar.

 

Roziallohu anhu/anho/anhum

“Alloh undan (erkak)/undan (ayol), ulardan rozi bo’lsin”

Radhiallahu Anhu

Radhiallah Anhum (plural) or Rathiallah Anh (singular)

“May Allah be pleased with them (or him)”. Acronym (r.a. or RA).

Payg’ambarimiz s.a.v ning sahobalari va ayollariga hurmat ila ismlari bilan birga aytiladi/yoziladi. Ba’zida r.a yoki RA, qisqartma shaklida yoziladi

 

Rahimakalloh

 

 

“Senga Allohning rahmi kelsin”, yoki  “Alloh qo’llasin”, 

 “May Allah have mercy on you, or May Allah bless you, the equivalent of “bless you” when you sneeze, it is said after someone sneezes”

Musulmon aksa urgan kishiga “Rahimakalloh” deydi

 

Rasulolloh

 

“Allohning rasuli/ elchisi”.

 

“ Messenger of Allah (God)”

Payg’ambarimiz Muhammad sav Allohning Rasuli yani musulmonlarga Islomni o’rgatish uchun elchi qilib Quonni tushirgan payg’ambaridir.

 

Sallohu alayhi va sallam

 

“Unga(Muhammad) Allohning salomi bo’lsin”

 (qisratmasi: s.a.v.)

 “Allah`s praise and peace be upon him” acronym (SAW)

Payg’ambarimiz Muhammad sav ning nomlarini aytganda yoki eshitganda darhol ushbu salovatni aytishi lozim. Alloh Quronda musulmonlarga ushbu jumlani bir marta aytgan odamga o’n barobar savob berishni habarini bergan

 

Sadaqollohul ‘Aziym”

“Allohning kalomi haq

Sadaqallahul’Azim "Allah says the truth"

Musulmon Qurondan biron sura yoki oyat o’qib tugatganida aytishi lozim bo’lgan kalima. Quron Allohning so’zidir, U doim haqni so’zlaydi, uni o’qigan musulmon Allohning haq kalomini o’qigan bo’ladi, shuning uchun ham “Sadaqollohul Aziym”deydi

 

Savab

Savob, Allohning yahshi amal uchun taqdirlovi, mukofoti

Allah’s reward

Musulmon Alloh buyurgan barcha yahshi amallarni qilganida savob oladi.

 

Subhana Rabial Aala

 

“Sen butun nuqsonlardan pokdirsan, ey ulug’ Robbim”

 “(Most) glorious is the Highest Lord”

Namoz o’qiyotib sajda qilganida aytiladigan hamd.

 

Subhanalloh

 

”Allohga hamd bo’lsin”

 

Subhanallah

“Glory be to Allah (God)”

 

Tashbeh. Musulmon bironta ajoyib, hayratlanadigan yahshi narsani yoki holatni ko’rsa yo eshitsa shunday deydi.

 

Subhanahu va Ta’ala

 

“U (Alloh)sherik va o’g’l tutishdan pok zotdir”

(Alloh SVT) 

Subhanahu Wa Taala

“Pure is He and He is exalted”

(Allah SWT)

Musulmon Allohni nomini tilga olganida uni poklab, ulug’lab aytadigan ibora.

 

Tavakkul

 

Tavakkal. Iymon- ishonchini Holis Allohga bog’lab ish ko’rmoq

The act of relying upon something or someone - to place faith or confidence in Allah (usually).

 

 

Musulmon biron ish boshlashdan oldin Allohni o’zigagina ishonib, Uning ihtiyoriga topshirishi shunday deyiladi

 

Tawakkalna ala Allah

 

 

Allohga tavakkal qildim

I place my “absolute” trust on Allah

 “bismillah” kabi biron ish boshlashdan oldin aytiladi, masalan, velosiped haydaganda, .

 

Ummah

Ummat, Iymon keltirganlar yoki Musulmonlar jamoasi

 

The community of Believers or Muslims across the globe because they are brothers and sisters in Islam

 Musulmonlarni Islom ummati, Muhammad sav.ning ummati deyiladi

 

Va alaykum assalom

 

”Sizga ham tinchlik bo’lsin”

 “And upon you be peace”

 

”Assalomu alaykum”ga javoban aytiladi

 

Yarhamakallah

 

 

“Sizga Allohning rahmi kelsin”

 “(may) Allah be gracious towards you”

Musulmon biron kishi aksa urganida shunday deydi.

 

Ya Allah      

 

 

 

Ey Alloh

 “O` Lord o/ O` God/O’Allah”

Musulmon bu zikrni Allohga duo bilan yuzlanganida aytadi.

 

Ya Rab         

 

 

 

Yo Rab

“O` Lord”

Ey Alloh kabi.

 

 

 *Ingliz va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi umumiy, qisqa shaklda berilgan, ammo  asli arab tilining hos hususiyatlari  va boyligi jihatdan hech bir til unga teng kelaolmaydi, shuning uchun so’zma so’z tarjimasi aniq va keng mukammal ma’noni beraolmaydi. Ingliz tilidagi shakllari “Glossary of Islamic Terms” dan foydalanildi.

Маърифат Акбарова

 

 
« Олдинги   Кейинги »

madrasa.uz