1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bolani kim emizadi?

14:00 / 12.09.2021 3295 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Yangi topilgan va chiroyli bola qasrning quvonchi va xonadonning ovunchog‘iga aylandi. Qasrdagi har bir kishi bolani suyub erkalatar hamda yaxshi ko‘rib, maqtar edi. Chunki malika bu bolani qattiq yaxshi ko‘rardi. Shundan keyin Bani Isroillik jajji go‘dakni saroy bekalari va xizmatkorlari qanday qilib suymasinlar. U yerdagi barcha bolakayni qo‘liga olib, o‘par edi. Chunki bolakay go‘zal edi. Malika go‘dak emishi uchun emizuvchi chaqirtirdi. Bolani emizish uchun unga ko‘krak tutganlarida go‘dak yig‘lab emmadi. Malika boshqa emizuvchi olib keltirdi. Go‘dak hanuz yig‘lab emmas edi. Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi marotaba yangi, yangi emizuvchilar olib kelishdi. Lekin bola yig‘lab, birortasining ko‘kragini og‘ziga olmadi. Ajabo, go‘dak nega emmayapti? Nima uchun yig‘layapti? Musoni emizgani kelgan ayollar malikani xursand qilib, undan hadyalar, sarpolar olish niyatida go‘dakni emizishga rosa urindilar. Lekin Alloh taolo Musoga ularning sutini harom qilgandi. Go‘dakning emmayotgani butun qasrga ovoza bo‘ldi va xonadonning mashg‘ulotiga aylandi:

- Hoy egachi, (daryodan topilgan) yangi bolani ko‘rdingizmi?

- Ha ko‘rdim, juda ham do‘ndiq bola ekan. Lekin u boshqa bolalarga o‘xshamaydi. Hech qaysi emizuvchini emmayotgan emish.

- Uni emizamiz deb olsalar, chirqirab yig‘lar va emmas emish. Bechora bola endi qanday yashaydi. U o‘lib qoladiku?

Darhaqqiqat, bir necha kun o‘tsa ham hech bir ayolni emmadi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
8Alloh insonlarga qattiq g`azab qilib, ularni laaposnatladi. Nima uchun Alloh insonlarga g`azab qilib, ularni laaposnatlamasin Ularni shuning uchun yaratganmi Shuning uchun ularga rizq berganmiAllohning yerida yurib, uning ustida Allohga kufr keltiradilarAlloh bergan rizqni yeb, Allohga shirk давоми...

6265 19:30 / 20.10.2019
Alloh taolo aynan Firaposavn qo`rqib ogohlantirayotgan hodisaning amalga oshishini iroda qildi. Kelajakda Firaposavn mulkini yo`q qiladigan ana o`sha go`dak dunyoga keldi. Bani Isroilning Firaposavn qo`lidan ozod bo`lishiga, taqdir qilgan ana o`sha go`dak dunyoga keldi. Insonlarni insonlarga давоми...

3436 13:30 / 15.08.2021
Ey, farzandTavhid ndash Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi.La ilaha illallohu muhammadur rasululloh,. Shahodat kalimasi .Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh,.Tavhid kalimasining ma`nosi .Allohdan boshqa iloh yo`q. Muhammad Uning elchisidir,.Shahodat давоми...

153011 16:00 / 23.12.2018
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5483 20:25 / 01.06.2020
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021