1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bani Isroilning balo-sinovga solinishi

14:00 / 27.06.2022 3627 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroilga nisbatan Fir’avnning adovatini ko‘rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulm-zo‘ravonlik qilishda Fir’avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so‘kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil boshida hoziru nozir bo‘lardi.
 Muso alayhissalom qavmini sabr qilishga chorlab tasalli berar edi;
- «(Ey qavmim) Allohdan madad tilab, sabr-toqat qilingiz! Bu yer shak-shubhasiz Allohnikidir. Uni o‘zi xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat-natija esa taqvodorlarniki bo‘lur».
 Lekin Bani Isroil bu sinov va qiyinchilikni yomon qabul qildi. Ular Muso alayhissalomga «Sen bizga hech qanday foyda berolmading. Bizga yordaming tegmadi» deya malomat qilishdi.
 «Ular aytdilar: «Sen bizga (payg‘ambar bo‘lib) kelishingdan ilgari ham (ya’ni o‘shanda ham Fir’avn o‘g‘illarimizni o‘ldirib, ayollarimizni tirik qoldirib, zulm
qilgan edi), Sen kelganingdan keyin ham ozor ko‘rdik». Faqat Muso alayhissalom besabrlik ham qilmadi umidsizlikka tushmadi ham.
 «U (Muso) dedi: «Shoyad Parvardigoringiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni bu yerga xalifa qilsa va qanday amallar qilishingizni ko‘rsa».
«Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirar ekansizlar, demak musulmon bo‘lsangizlar, Uning o‘zigagina suyaninglar-tavakkul qilinglar!»
«Bas, ular aytdilar: «Allohning o‘ziga tavakkul qildik. Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftunaldanuvchi qilib qo‘yma. Va o‘zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar».
Fir’avn Bani Isroilni Allohga ibodat qilishdan qattiq qaytarar, agar ular ibodat etsalar g‘oyatda darg‘azab bo‘lar edi. U Allohning yerida masjidlarning Alloh uchun bo‘lishini xohlamasdi. Allohning yerida Allohga ibodat qilinsa g‘azabi kelardi?!
Fir’avn bu darajada nodon bo‘lmasa?!
Axir yer – Fir’avnniki emas - Allohning mulki-ku!? Allohning qullarini Allohning yerida Allohga ibodat qilishdan to‘sgan kimsadan ham zolimroq kim bor?!!
 Alloh yerida turib bandalarni o‘ziga ibodat qilishga chaqirayotgan kimsa eng zolim kimsa emasmi?!!
 Lekin, Fir’avn baribir ojiz qoldi. U hech kimni o‘z uyida xohlagan ishini qilishdan qaytara olmasdi.
Alloh taolo Muso alayhissalom orqali Bani Isroilga quyidagicha amr etdi;
 «Bu uylaringizni qibla-namozgoh qilib (u uylarda) namozni to‘kis ado qilinglar». Fir’avn ham, uning jallodlari ham Bani Isroilni Alloh ibodatidan to‘sa olmadi.
 Axir banda bilan uning Parvardigori o‘rtasini to‘sib bo‘larkanmi?! Musulmonni Alloh ibodatidan kim to‘sa oladi?!

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Oradan bir muncha vaqt o`tib Yaaposqub alayhissalom hayot bilan vidolashdi. Yusuf alayhissalom, umuman butun Misr qattiq mahzun bo`ldilar.... Yaaposqub alayhissalomni dafn etgan Misr ahli xuddi otalaridan ajragandek bo`lib qoldilar...Yana bir qancha vaqt o`tib Yusuf alayhissalom ham vafot qildilar. давоми...

10662 14:00 / 27.06.2021
Bani Isroilning dengiz o`rtasidan ochilgan yo`ldan sog`omon o`tib ketganini ko`rgan Fir`avn o`z qo`shiniga qarab dedi Qaranglar Qochoqlarni tutmog`im uchun mening amrimga bo`ysunib dengiz yorildi Fir`avn qo`shini bilan olg`a intildi. Bani Isroilni yana qo`rquv qamradi. Zolim dushman biz tomon давоми...

7883 11:00 / 28.08.2022
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

2663 19:00 / 10.12.2022
21Nuh Robbiga nido qilib .Robbim, albatta, o`g`lim ahlimdandir, albatta, vaaposdang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan,, dedi. Hud45. Alloh naslnasabga qaramaydi, balki amallarga qaraydi. Alloh shirk keltirganlarda, shafoat o`rtadagi kafolatni qabul qilmaydi. Shirk keltirgan, давоми...

3167 13:05 / 27.01.2020
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021