1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ocharchilik

11:00 / 01.08.2022 2743 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Fir’avn tug‘yonga kelib g‘aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o‘zini o‘nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi.

U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo‘lmas! Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko‘rmaydi. Fir’avn juda nodon podshoh bo‘lganligidan pand-nasihatlar unga ta’sir qilmasdi. Eshak to urmaguningizcha o‘z holatini o‘zgartirmay yotaveradi. Alloh taolo Fir’avnni g‘aflat uyqusidan qo‘zg‘atmoqni iroda etdi. Misr yam-yashil diyor! U turli laziz mevalar, don-dunlarga boy o‘lka.

Yusuf alayhissalom zamonidagi ocharchilik yillarida uzoq o‘lkalar, xususan, Shom va Kan’on aholisi Misrdan don tashib kun kechirganlarini yaxshi bilasiz. Nil daryosi Misr yerlarini sug‘orib, ekinlarni suv bilan ta’minlab turadi. U Misrda saodat va xayr bulog‘i hisoblanadi. Fir’avn va butun Misr ahli Nilni rizq-ro‘z kaliti deb bilishardi. Mana shu sersuv daryo tufayli misrliklar yomg‘ir suvi va bundan boshqa narsalardan behojatdirlar. Insonlar aslida rizq-ro‘z kalitlari Alloh huzurida ekanligidan g‘ofildirlar.

Zero, U zot o‘zi xohlagan bandasiga mo‘l-ko‘l rizq berib ne’matlantiradi. Alloh kimgadir kam, kimgadir ko‘p rizq ato qiladi. Nil ham Uning amri bilan qirg‘oqlaridan toshib oqadi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

1954 16:13 / 24.10.2022
8Hokimning xotini Yusufni xiyonatga chorladi. Lekin Yusuf bosh tortdi va Yoq Men xojayinimga xiyonat qilmayman. Albatta u men uchun yaxshilik qildi va meni hurmatladi. Albatta men Allohdan qorqamanrdquo, dedi. Hokimning xotini bundan gazablanib, eriga shikoyat qildi. Hokim ayolining yolgonchi, давоми...

5540 14:00 / 13.04.2019
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3684 12:10 / 03.03.2019
Assalomu alaykum, azizlar. Men sizga ozimni tanishtirishdan oldin bazi bir narsalarni aytib bermoqchi edim. Allohning haq rasuli Muhammad alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan keyin bu yerda bir masjid qurdirdilar. Masjidning uzunligi yuz gaz, eni qirq gaz edi. Bu muborak binoning tomini давоми...

2439 16:35 / 11.01.2024
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021