1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bani Isroilning Misrdan chiqib ketishi

14:00 / 14.08.2022 5525 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Misrning keng yerlari Bani Isroil uchun torlik qilib qoldi. Axir, har kuni ming turli azob va xo‘rlik ko‘ruvchi Isroil farzandlariga Misrning yam-yashil vodiylari qanday ham quvonch bag‘ishlasin?! Bani Isroil tokaygacha sabr qiladi? Ular ham joni og‘riydigan odamlar-ku!? Alloh taolo Muso alayhissalomga tunda Bani Isroilni olib Misrdan chiqib ketishni vahiy qildi. Lekin shohning chumolidek sezgir, qarg‘adek o‘tkirko‘z ayg‘oqchilari bu xabarni Fir’avnga yetkazdilar.

Muso alayhissalom Bani Isroilni olib muqaddas zamin - Shom tomon tunda yo‘lga chiqdi. Bani Isroil 12 guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhning o‘z amiri bor edi.

Shom yo‘li Muso alayhissalomga ma’lum va aniq bo‘lib, ikki quruqlik orasidagi yo‘l edi. Muso alayhissalom u yerdan avval ham ikki marta yurgan edilar. (Bir gal Madyanga borishda, ikkinchisi Misrga qaytishda). Lekin Musoning xohlagani emas, Allohning xohlagani bo‘ladi.

Muso alayhissalom taqdiri azalda yozilganidek, bilgan yo‘lidan adashib ketdi. U Bani Isroil bilan shimol tomonga ketyapman, deb o‘ylasada, tun qorong‘usida o‘zining sharqqa qarab yurayotganligini sezmasdi. Kutilmaganda ular mavj urib yotgan qizil dengiz qarshisidan chiqib qoldilar.

- Yo Alloh, yo Parvardigor! Biz qaerdamiz o‘zi?!!

Bizlar dengiz oldidamiz, deya javob bo‘ldi.

Bani Isroil ortlariga burilib uzoqdan ko‘tarilgan qalin g‘uborni ko‘rdilar. Orqadan ufqni to‘sib Fir’avnning katta qo‘shini ta’qib qilib kelardi. Isroil farzandlari umidsizlikka tushib dod-faryod ko‘tarishdi. Ey Imronning o‘g‘li! Biz senga nima yomonlik qiluvdik? Fir’avn bizni xuddi sichqon bolasidek o‘ldirib tashlashi uchun dengiz qirg‘og‘iga olib keldingmi? Axir bu yerdan hech qayoqqa qochib ketib bo‘lmaydi-ku!? Nima uchun bizdan intiqom olyapsan? Senga biron yomon so‘z dedikmi? Shu paytgacha sen sababli ko‘rgan jabru sitamlarimiz kammidi? Endi shu yerga boshlab keldingmi? Oldinda pishqirgan dengiz, ortda esa quturgan dushmanlar. Bu kun biz aniq halok bo‘lamiz. Bani Isroil ko‘ziga dunyo qorong‘u bo‘ldi. Ko‘zlar dahshatdan dum-dumaloq bo‘lib qoldi. Ovozlar bo‘g‘ildi. Umidsizlik Isroil qavmini to‘la qamrab oldi. Bugun sarosimaga tushmagan odam qolmadi. Ha, hatto azim tog‘lar ham bu qo‘rquv qarshisida larzaga kelishi mumkin. Lekin Musoning Parvardigoriga bo‘lgan iymoni zarracha

susaymadi – larzaga kelmadi. Insonlar nubuvvat nuri yog‘ilib turgan so‘zni eshitdilar. «Yo‘q, aniqki men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta u meni (najot) yo‘liga boshlar». Alloh taolo Musoga asosi bilan dengizni urishga amr qildi. Muso Parvardigori amrini bajarib, asosini urdi. Shunda dengiz yorilib suv xuddi tog‘dek bo‘laklanib qoldi. O‘n ikki guruh uchun o‘n ikki yo‘l paydo bo‘ldi. Demak har-bir guruhga alohida yo‘l. Bani Isroil qavmi dengizdan eson-omon yeriga yetib oldi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandOvqatlanishdan oldin ikki qo`lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo`lmaslik kerak.Dasturxon yerga yozilgan bo`lsa, o`ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o`tiriladi. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan.Avval .Bismilloh, aytilib, ovqatlanish o`ng qo`l bilan давоми...

23494 14:10 / 31.01.2019
20Aka ndash ukalar xuddi otalari buyurganidek, turli xil eshiklardan kirib, Yusufning huzuriga keldilar. Yusuf Binyaminni ko`rganida juda xursand bo`lib, uni o`z uyiga tushirdi.Yusuf Binyaminga .Albatta men seni akangman,, dedi. Binyamin tinchlandi.Yusuf Binyaminni uzoq vaqtdan keyin uchratgan edi. давоми...

3579 09:35 / 10.06.2019
Ey, farzandTavhid ndash Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi.La ilaha illallohu muhammadur rasululloh,. Shahodat kalimasi .Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh,.Tavhid kalimasining ma`nosi .Allohdan boshqa iloh yo`q. Muhammad Uning elchisidir,.Shahodat давоми...

153012 16:00 / 23.12.2018
13Insonlar butlarga ibodat qilishni haq va sog`lom fikr deb bilardilar. Ular butlarga ibodat qilmaydiganlarni, zalolatda va ahmoqlikda, deb bilishar edi.Ular .Otalarimiz butlarga ibodat qilishganku Nega bu ibodat qilmaydi, deyishdi.Nuh alayhissalom butlarga ibodat qilishni zalolat va ahmoqlik, deb давоми...

7075 11:05 / 01.12.2019
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021