1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Shariat

09:00 / 29.01.2023 3955 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular choʻlda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yoʻllarini yoritsinlar.
Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi mumkin. Olam tim qora zulmat. Bu yerda Parvardigor tomonidan berilgan mashʼala zarur. U Paygʻambarlar qoʻlidagi mashʼaladir. Odamlar u sababli yoʻllarini topadilar. Kimda-kim mana shu nur ortidan ergashmas ekan, hayotda mudom koʻr tuyadek adashib yuradi. Ilohiy nurdan tashqarida turib toʻqilgan aqidalar bolalarga ermak boʻladigan xurofotlardan boshqa narsa emas. Siz mushriku kofirlar, turli adashgan kimsalar aqidalari, xurofotlari va afsonalarini eshitmaganmisiz? Ularning ilmi jaholat, taxmin va shubha-gumon asosiga qurilgan. «Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniq-ki, gumon haqiqatdan biron narsaning oʻrniga oʻtmas!».
Johiliy axloq bu isrof, qosirlik, haddan oshishlik va sustkashlikdir. Paygʻambarlar yoʻliga ergashmagan kimsalar oʻzgalar haq-huquqini bemalol hazm qilib yuborishganini koʻrmaganmisiz.
Ular havoi nafslariga ergashib oʻz chegaralaridan tashqariga chiqib ketishadi.
Hukm yurgizish, siyosat esa zulm, istibdod va kishilar moli-yu haq-huquqlarini toptashdan iborat boʻladi. Allohdan qoʻrqmaydigan, shariatga ergashmaydigan podshohlar oʻz fuqarolari qonini behuda toʻkishlari, haq-huquqlarini poymol etishlari, omonatlarga xiyonat qilishlarini nahot bilmasangiz?! Qancha-qancha kishilar qullik zanjiriga solindi. Insonlar guruh-guruhga ajratib yuborildi. Ayollar tirik qoldirilib erlar qilich tigʻidan oʻtkazildi. Siz birinchi va ikkinchi jahon urushlarida necha million insonning yostigʻi quritilganini bilasizmi?! Dunyo tim qora zulmat.
«(Ular) ustma-ust zulmatlardir. U oʻz qoʻlini chiqarib ( qarasa) koʻrishga yaqin boʻlmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur boʻlmas».
Paygʻambarlar insonlarga qanday ibodat qilish kerakligini oʻrgatish bilan bir qatorda ularga oʻzaro muomala-munosabat haqida ham taʼlim bergan. Alloh taolo elchisi din odobidan ham, hayot odobidan ham taʼlim beruvchi muallimdir. U insonlarga barcha odoblarni – yeyish, ichish, oʻtirish, uxlash odoblarini oʻrgatadi. Goʻyo mehribon ota boʻlib oʻzining aziz jigarbandlariga pand-nasihat qiladi. Insonlar Paygʻambarlar qarshisida goʻdak maqomidа turadilar. Ular goʻdaklikda otalari tarbiyasiga qanchalik muhtoj boʻlgan boʻlsalar, ulgʻaygan chogʻlarida Paygʻambar tarbiyasiga shunchalik muhtojdirlar. Nubuvvat taʼlim-tarbiyasidan bebahra qolgan mana shu kimsalar yovvoyi holda oʻsgan daraxtga oʻxshaydilar.
Zero, parvarishsiz katta boʻlgan oʻsimlik qingʻir-qiyshiq, tikonli va yaroqsiz boʻlib oʻsadi.


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Qadrli bolajonlar, bir kechakunduzda bir necha marta ovqatlanganimiz kabi uyqu ham kundalik zaruriy odatlarimizdandir. Uyqu sababli hordiq chiqaramiz, ko`zlarimiz va boshqa barcha aaposzolarimiz tiniqib dam oladi. Keling, endi baaposzi uyqu odoblarini o`rganamizImkon qadar xufton namozidan keyin давоми...

8810 15:10 / 22.05.2019
Ассалому алайкум. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам мўъжизалари ҳақида ҳикоя қилиш фурсати менга ҳам етиб келганидан жуда хурсандман. Ҳа, бундан бошим давоми...

3703 12:54 / 20.05.2024
2Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`sin Insonlar Allohga ibodat qilishda davom etsinlarmi Insonlar bitta xalq bo`lib, ixtilof qilmasinlarmi Albatta bunday bo`lmaydi Albatta bunday bo`lmaydi Odam zurriyotlari jannatga kiradimi, iblis va zurriyotlari do`zaxga kiradimi Albatta bunday давоми...

3379 16:30 / 15.09.2019
13Bir payt Ismoil chanqab qoldi, onasi unga suv ichirishni xohladi. Lekin suv qayerda Makkada quduq yo`q edi, Makkada anhor ham yo`q edi. Hojar suv talabida edi. Safodan Marvagacha va Marvadan Safogacha yurar edi. Alloh Hojar va Ismoilga nusrat berdi va ular uchun suv yaratdi. Suv yerdan chiqdi, давоми...

13139 19:10 / 15.10.2018
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021