1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Buzoqqa sigʻinish

09:00 / 12.02.2023 2598 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda koʻp narsaga sigʻinishlarini Bani Isroil oʻz koʻzlari bilan koʻrardilar. Shu bois Isroil farzandlari asta-sekin shirkdan nafratlanmay qoʻydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk muhabbati uy qura boshladi. Ozgina fursat topilishi bilanoq misli pastlikka yugurayotgan suvdek shirkka qarab chopishardi. Qalblar buzilgan, xohish-istaklar notoʻgʻri yoʻnalishga burilgan edi. Haq yoʻlni koʻra-bila turib tashlab ketardilar. Zalolatga mudom quchoq ochardilar. Bani Isroil Firʼavn taʼqibidan qochib Qizil dengizdan oʻtib ketdi. «Soʻng ular butlarga sigʻinib turgan bir qavm oldidan oʻtdilar va: «Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi xudo qilib (yasab) ber», dedilar».


Ularning bu nooʻrin tilaklaridan Musoning jahli chiqdi.
- «Albatta sizlar bilmaydigan qavmdirsizlar!».
Vo ajab! Bu ne zulm?! Axir Alloh hali dunyoda hech kimga bermagan neʼmatlarini sizlarga bermadi-mi?
Axir Alloh taolo ularni butun olamlardan afzal qilib qoʻymadimi?!


Muso dedi:
- «Men, sizlarni butun olamlardan afzal qilib qoʻygan Allohdan oʻzgani (yaʼni jonsiz butni) sizlarga xudo qilib beramanmi?».
Muso Parvardigori bilan soʻzlashmoq uchun Tur togʻiga qarab ketdi. Bani Isroil Muso ketganidan soʻng shaytonning ovi va shirkning oʻljasiga aylandi. Ularning orasida Somiriy degan bir badbaxt kimsa ham yashardi.
«Soʻng (Somiriy oʻsha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi. Soʻng (Somiriy va uning sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni boshqa yerdan izlagani ketibdi»), dedilar».


Bani Isroil qavmi mana shu buzoq bilan fitnalandi. Ular koʻr va karlarcha buzoqqa sigʻina boshladilar. «Axir uning oʻzlariga biron soʻz qaytara olmayotganini va biron ziyon ham, foyda ham yetkazishga qodir emasligini koʻrmaydilarmi?! Axir ular oʻsha (buzoq) oʻzlariga soʻzlay olmasligini va hidoyat ham qila olmasligini bilmadilarmi?!


Holbuki (buzoqqa sigʻinishlaridan) ilgari Horun ularni qattiq manʼ qilib:
- «Ey qavmim, sizlar bu bilan faqat imtihon qilindinglar xolos, (bas, u buzoqqa sigʻinmanglar!) Shak-shubha yoʻqki, sizlarning. Parvardigoringiz yolgʻiz Rahmon Marhamatli Allohdir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!»- degandi».


Lekin Somiriyning sehri bilan aldanib, qalbi buzoq muhabbatiga yoʻgʻrilgan Bani Isroil bu zalolatidan qaytmadi.
«Ular: «To bizlarga Muso qaytmagunicha, unga (shu butga) ibodat qilib–sigʻinishdan hargiz ajralmaymiz», degan edilar».


Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
16Nuh, qavmini daaposvat qildi, va nasihatgo`y bo`lishga harakat qildi..Ey qavmim, albatta men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman. Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar. U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib давоми...

3412 13:55 / 23.12.2019
Hud qavmiga nasihat qilib, ularni hikmat va muloyimlik bilan daaposvat qilishda davom etdi.Hud .Ey qavm Men sizlarni akangiz va kechagi do`stingizman. Meni tanimayapsizlarmi Ey birodarlarim Nimaga mendan qo`rqib, qochib, uzoqlashyapsizlar Men sizlarni molingizdan biror narsa nuqsonga давоми...

2474 15:00 / 23.01.2021
Aqlli bolalar ko`chaga chiqishdan oldin oila a`zolariga bu haqda xabar berib, ularga yaxshi tilaklar bildiradi va duolarini so`raydi. Otaonasidan alohida duo oladi.Bunday qilish bolalarning odobli ekaniga ishoradir. Otaonasidan, boboyu buvisidan, yaqinlardan duo olib, ko`chaga chiqqan bolaning давоми...

7045 13:00 / 09.02.2019
ndash Assalomu alaykum, kaminani ovozimdan tanidingiz, shekillia Ha, ha, men Boriman, Bori Hayron bolmang, kamina ham Paygambarimiz Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilish niyatidaman. Siz .Qadimda bir Bori bolgan ekan. U qoy boqib, choponlik qilgan ekan,, degan hikoyani eshitganmisiz Osha давоми...

3714 11:00 / 06.08.2023
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021