1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Jazo-uqubat

11:00 / 09.03.2023 2326 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini maʼlum qildi.
Muso gʻoyat xafa boʻlib, gʻazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogʻasi Horunga gʻazab qildi.


«(Muso  qaytib kelgach) dedi:
- «Ey Horun, sen ularning yoʻldan ozganlarini koʻrgan paytingda mening ortimdan borishingdan (va menga bu  haqda xabar berishingdan) seni nima toʻsdi?! Mening amrimga itoatsizlik qildingmi?!»
Horun uzr aytib:
«Men (agar buzoqqa sigʻinayotganlarni  qoʻyib, yoʻldan ozmagan kishilar bilan sening ortingdan borsam) mening soʻzimni kutmay, Bani Isroilni boʻlib yuboribsan, deyishingdan qoʻrqdim».
«Bu qavm meni xoʻrlab, oʻldirishlariga oz qoldi».


 (Muso) dedi:
- «Parvardigorim, meni va birodarimni oʻzing magʻfirat qilgaysan va bizni oʻz rahmatingga dohil qilgaysan. Oʻzing rahm qilguvchilarning rahmlirogʻisan».
Soʻng Muso Somiriyga yuzlandi:
- Ey Somiriy! Bu nima qilganing?!
Somiriy oʻz gunohiga iqror boʻlib: «Menga nafsim ana shunday qilishni chiroyli koʻrsatdi», dedi.


(Muso) dedi:
- «Bas yoʻqol! Endi sen uchun hayotda «Menga tegmanglar», deyishgina bordir, (yaʼni umringning oxirigacha yakkamoxov boʻlib  olursan)».
Muso uni shunday yakkamoxov qilish bilan jazoladi. Endi Somiriy to ajali yetgunicha vahshiy hayvonday odamlardan yiroqda bir oʻzi yuradi va bir oʻzi yashaydi. U ulfat boʻlmaydi va unga ulfat ham boʻlinmaydi. Inson uchun bundan ham qattiq jazo bormi dunyoda?!! Minglab kishilarni shirk balchigʻi ila bulgʻatgan kimsadan hazar qilmoq lozimdir. Alloh bilan bandalari oʻrtasini ajratmoqchi boʻlgan kimsa yakkamoxov qilinmogʻi shart. Alloh yerida turib unga oʻzgalarni sherik qilishga chaqirgan gunohkor kimsa uchun butun yer yuzi zindon boʻlmogʻi kerak. Muso Somiriy yasagan laʼnati buzoqqa qarab, uni oʻtda yondirib, soʻng kulini dengizga sochib yuborishni buyurdi. Bani Isroil oʻzlariga maʼbuda boʻlgan buzoqning oxir-oqibat bir hovuch kul ekanini hamda zaifligiyu, ojizligini koʻrdilar.


Muso Bani Isroilga qarab xitob qildi:
«Qavmim, sizlar buzoqqa ibodat qilish bilan oʻzingizga zulm qildingiz. Endi oʻzingizni (bir-biringizni) oʻldirish bilan sizni bor qilguvchi zotga tavba qilasiz. Bor qilguvchi zot nazdida mana shu ( qatl) sizlar uchun xayrliroqdir».
Buzoqqa sigʻinmagan kishilar buzoqqa sigʻinib ketganlarni qatl qildilar. Alloh taolo ular tavbasini mana shunday qabul etdi.
Alloh taolo dedi:
«Shubhasiz, buzoqni («xudo»  qilib) ushlagan kimsalarga Parvardigorlari tarafidan gʻazab va hayoti dunyoda xorzorlik yetar. (Alloh  shaʼniga) yolgʻon toʻquvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz».


Buzoqqa qul boʻlgan kimsalarning holi, shuningdek mushriklarning holi to qiyomatga qadar mana shunday boʻladi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Assalomu alaykum, kamina supra bo`laman. Ha, sira ham ajablanmang, onajoningiz un elab, xamir qorib, zuvala yasaydigan, ugra kesadigan o`sha supraman. Men ham ikki olam sarvari Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilmoqchiman. Guvohiga aylanganim u muborak zotning ajoyib va g`aroyib mo`jizalari давоми...

2281 16:52 / 31.03.2024
Ey, farzandAyniqsa, juma kuni ko`p salovat aytish kerak. Kim juma kuni yuz marta salovat aytsa, Alloh uning yuzta tilakistagini o`rinlatadi. Bu tilaklarning o`ttizi dunyo, yetmishi oxirat uchundir.Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Har kun yuz marta salovati sharif давоми...

77167 19:20 / 29.12.2018
.Muso ularga dedi .Sizlar tashlaydigan narsangizni tashlangizlar,..Bas sehrgarlar iplari va asolarini tashladilar va .Firaposavn izzatiga qasamki, albatta biz g`oliblardirmiz,, dedilar,.Shunda kishilar g`alati narsaning guvohi bo`ldilar. Maydonda ilonlar sudralib yurardi. Odamlar dahshatga tushdi. давоми...

4474 13:00 / 27.02.2022
Гўзал тарбия олган фарзандларгина чинакамига .жаннат райҳонлари, деб мақталади. Инсонийликдан чекинган, тарбияси бузуқ болалар эса жамият зараркунандасига давоми...

3418 16:07 / 05.08.2019
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021