1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarlar qissasi: Robbim kim?

18:15 / 09.10.2018 20373 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

7

Bir kuni tunda Ibrohim (a.s.) yulduzni ko‘rdilar va “Bu mening robbim”, dedilar. Yulduz g‘oyib bo‘lgach, Ibrohim (a.s.): Yo‘q! Bu Robbim emas! dedilar.

Ibrohim (a.s.) oyni ko‘rganlarida: “Bu robbim”, dedilar. Oy g‘oyib bo‘lgach, Ibrohim (a.s.): “Yo‘q! Bu Robbim emas”, dedilar.

Quyosh chiqdi, Ibrohim (a.s.): (Mana shu Robbim. Bu kattaroq), dedilar. Kechqurun quyosh botgach esa, Ibrohim (a.s.): “Yo‘q! Bu mening robbim emas”, dedilar.

“Albatta Alloh tirik va o‘lmaydi.

Albatta Alloh hamisha boqiy qoluvchi va yo‘q bo‘lmaydi.

Albatta Alloh kuchli va uni hech bir narsa yenga olmaydi.

Yulduz zaif bo‘lib, tong undan g‘olib keladi. Oy ham kuchsizdir, quyosh unga g‘olib keladi.

Quyosh ham zaifdir, kecha (tun) unga g‘olib keladi, bulut ham unga g‘olib keladi. Menga yulduz yordam bera olmaydi, chunki u ojizdir, menga oy yordam bera olmaydi, chunki u ojizdir, quyosh ham menga yordam bera olmaydi, chunki u ham ojizdir. Menga Alloh yordam beradi. Chunki Alloh tirik va o‘lmaydi, hamisha boqiy va yo‘q bo‘lmaydi. U kuchli va Uni hech bir narsa yenga olmaydi”.

8 – Robbim Alloh

Ibrohim (a.s.) robbilari Alloh ekanini bildilar. Chunki Alloh tirik va o‘lmaydi. Albatta, Alloh hamisha boqiy va yo‘q bo‘lmaydi. Albatta Alloh kuchli va uni hech bir narsa yenga olmaydi. Ibrohim (a.s.) bildilarki, albatta Alloh yulduzlarning robbi va Alloh oyning robbi va Alloh quyoshning ham robbidir. Haqiqatda Alloh olamlar robbidir!!!

Alloh Ibrohim (a.s.)ni hidoyat qildi va u zotni Nabiy hamda xalil (do‘st) qilib oldi. Alloh Ibrohim (a.s.)ni qavmini (haq yo‘lga) da’vat etishga va butlarga ibodat qilishdan qaytarishga buyurdi.

9 – Ibrohim (a.s.)ning da’vati

Ibrohim (a.s.) o‘z qavmini Allohga da’vat qildi va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytardi. Ibrohim (a.s.) qavmiga: “Nimaga ibodat qilasizlar?” dedi. Ular: “Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz”, deyishdi. Ibrohim (a.s.): “Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?”. Ular: “Yo‘q, biz ota-bobolarimizni shunday qilayotganlarini ko‘rdik”, dedilar.

Ibrohim (a.s.): “Men bu butlarga ibodat qilmayman, aksincha men bu butlarga dushmanman”, dedilar. Men olamlarning robbiga ibodat qilaman.

“U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning O‘zi. Meni yediradigan va ichiradigan ham Uning O‘zi. Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning O‘zi. Meni o‘ldiradigan, so‘ngra tiriltiradigan ham Uning O‘zi”.

Albatta butlar yaratmaydi ham, hidoyat ham qilmaydi. Albatta, ular biror zotni taomlantira olmaydi...

Agar biror kishi bemor bo‘lib qolsa, shifo berolmaydi. Albatta, ular biror kishini o‘ldirolmaydi ham, tiriltirolmaydi ham.

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5485 20:25 / 01.06.2020
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

2145 16:40 / 19.05.2019
Ey, farzandQabristonda kulish harom. U yerda kulganga Alloh uhud tog`i og`irligicha gunoh yozadi. Qabristonda gunohlarini eslab, ichkinichkin yig`lagan kulibkulib jannatga kiradi. Qabristondan ibrat olib, marhumlar holiga achingan kishi jahannamdan qutiladi.Ey, farzandO`tgan kunlar o`tmishda давоми...

12097 11:10 / 20.02.2019
17Nuh ko`p harakat qilib, qavmini uzoq vaqt daaposvat qildi. Nuh o`z qavmida ellik yil kam ming yil, yaaposni to`qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohga daaposvat qildi. Lekin Nuhning qavmi iymon keltirmadi. Butlarga ibodat qilishni tark etib, Allohga qaytmadilar. Nuh qachongacha kutadi давоми...

7712 19:03 / 29.12.2019
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021