1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tahorat olish odobi

14:03 / 30.10.2018 34290 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand! Tahorat oladigan joy toza bo‘lishi kerak. Bu xususda janob Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

«Tahorat ushatgan joyingizda tahorat olmangiz. Tahorat suvining har tomchisiga bir yillik namoz savobi beriladi».

U zot sallollohu alayhi vasallam yana bir hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar:

«Tahorat ushatgan yerda tahorat olgan kishi o‘zini vasvasadan qutqarolmaydi».

Boshqa bir hadisi shariflarida esa shunday deydilar:

«Farishtalar tahorat olishini «Bismilloh» bilan boshlagan kishiga tahorat oxirigacha to‘xtamasdan savob yozadilar».

Sahobalardan biri hazrat Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamdan tahorat foydasini so‘radilar.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday javob berdilar:

«Kimki tahoratni «Bismilloh» bilan boshlasa, qo‘lini yuvar ekan, qo‘li bilan qilgan, yuzini yuvayotganda yuzidagi a’zolari bilan orttirgan, qaysi a’zosini yuvsa o‘sha a’zosi bilan qilgan barcha gunohlari to‘kilib, afv etiladi».

Ey, farzand! Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

«Uylaringizni butxonaga aylantirmangiz. Ularni namozlaringiz bilan bezang (ziynatlang)izlar».

Bir hadisi shariflarida ham shunday marhamat etadilar:

«Mening masjidimda o‘qilgan ikki rakat namoz boshqa joylarda o‘qilgan ming rakat namozdan xayrli (afzal, yaxshi)roqdir».

Boshqa bir hadisi shariflarida shunday xushxabar beradilar:

«Kim bomdod namozining sunnatini uyida o‘qib, farzini jomega borib, jamoat bilan ado etsa, mening masjidimda o‘qilgan namozning savobiga noil bo‘ladi».

Oyisha onamizdan (roziyallohu anhu) rivoyat etilgan bir hadisi sharifda shunday deyiladi:

«Rasululloh sallollohu alayhi vasallam rukuga egilganlarida ustlarining har qanday bir joyiga suv to‘la idish qo‘yilsa, ichidagi suv to‘kilmagani kabi idish ham har qanday tarafga tushib suvi to‘kilmas darajada to‘g‘ri, tekis, tartib-intizom bilan turardilar». Namozni Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam o‘qigan shaklda o‘qimoq zarur. Ruku, sajda va boshqa harakatlarni U zotdek ado etish namoz qabul bo‘lishi uchun shartdir.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
11 Yusuf dedi Bu ish menga Robbim o`rgatgan narsalardandirrdquo. Lekin Alloh ilmini hammaga ham beravermaydi. Albatta Alloh ilmini mushriklarga bermaydi. Nega Robbim bularni menga o`rgatganini bilasizlarmi Chunki men shirk ahlining yo`llarini tark etdim. Va otalarim Ibrohim, Ishoq va Ya`qubning давоми...

3832 19:00 / 28.04.2019
Bularning barchasi, Samudni shukr va Alloh taologa ibodat qilishga yetaklamadi. Balki, ularni kufr va tug`yonga yetakladi. Ular, Allohni unutib, ato etilgan narsalari bilan xursand bo`lib .Kim bizdan ham kuchliroq, deyishdi. Ular hech qachon o`lmaymiz, qasrlarimiz va bog`larimizdan chiqmaymiz, deb давоми...

3626 11:00 / 13.03.2021
Nuh qavmi ketidan Od qavmi kelganidek, Od qavmiga Samud qavmi voris bo`ldi. Samud qavmi od qavmining izidan borar edi, xuddi od qavmi Nuh ummatining izidan borganidek.Samudning yerlari ham yashil ko`kalamzor, chiroyli edi. Ularda bo`stonlar, buloqlar, tagidan anhorlar oqadigan bog`lar bor edi. давоми...

8273 19:00 / 20.02.2021
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2857 19:08 / 13.06.2020
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021