1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Allohni tanish haqiqiy ma’rifatdir

18:03 / 15.11.2018 8205 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Namozning ruku, sajda va boshqa ruknlarini amr etilganidek, o‘z joylariga qo‘yib o‘qimoq kerak. Saodat asrida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir namozxonning ruku, sajdalarga e’tiborsizligini ko‘rdilar va marhamat etdilar:

«Bu kishi namozlarida shunday davom etsalar, «yarim» holda ketadilar va hech qanday foyda ko‘rolmaydilar».

Namoz ya’ni ruknlari joy-joyiga qo‘yilib, amr qilinganidek o‘qilmasa, ba’zi taqiqlarga ko‘ra, namozlikdan chiqadi. Namozni mazax qilganday bo‘ladi. To‘g‘ri namoz o‘qimagan kishining dinida xayr bo‘lmaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.

«Namoz – din ustuni. Uni mukammal o‘qigan dinni mukammal qilgan, uni buzgan dinni buzgan bo‘ladi. Namoz – mo‘minning me’rojidir».

Ey, farzand!

Namozni yengil-yelpi ish sanamaslik kerak. Botinida, zohirida diqqat-e’tibor etiladigan muhim xususiyatlari bor. Namoz namozxonni Parvardigor huzuriga ko‘targuvchidir. Namoz o‘qish Haq huzuriga chiqish demakdir. Namozda kimning huzurida turganimizni aslo unutmasligimiz, zohiru botinni tuzatib turmog‘imiz kerak bo‘ladi. Zohiriy tuzatish joyni, libosni, badanni pok tutish bo‘lganidek, botinini tuzatish esa, ma’naviy kirlardan tozalanish, turli xayollardan uzilishdir. Eng yuksak ko‘ngil pokligi – ko’ngilni dunyodan uzishdir. Chunki namoz – izhori dildir. Namoz – roz. Rozilashishdir. Sirlashishdir. Ko‘ngil forig’ligidir. Namoz – ko‘ngilni poklovchidir. Ko‘ngil – Alloh nazargohidir. Shuning uchun oriflar, so‘fiylar namozdan tashqarida ham ko‘ngilni pok tutadilar. Namoz insonni shunday soflikka, musaffolik osmoniga ko‘targuvchi amal.

Ba’zan zohiriy poklikdan botiniy poklikka kelinadi. Ba’zan aksincha, botiniy poklik zohirda namoyon bo‘ladi, ikkisining barobar kelishi komillikdirki, bu bilish, tanish bilan bo‘ladi. Allohni tanish haqiqiy ma’rifatdir. Shuning uchun ham orif – ma’rifatli insonlar, komil insondir. Namoz shu darajalarga ko‘targuvchi yoki ko‘tarilish uchun vositadir. Namoz – go’zaldir va go‘zallikdir. Go‘zallikning haqiqati esa poklikdir. Zohiriy va botiniy poklik.

Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratib, maloikalarga unga sajda qilishni amr etdi. Barcha farishtalar amrga muvofiq, Odam alayhissalomga sajda qildilar. Faqat iblis bu amrga qarshi bosh ko‘tardi. Ya’ni sajda qilmasdan la’natlandi va jannatdan mahrum bo’ldi.

Ma’lumki, unda sajda Odam alayhissalomga edi. Holbuki, kunda besh marta qilinishi kerak bo‘lgan, ya’ni amr etilgan sajda barcha olamlar Parvardigori Allohgadir, bu esa namoz bilan ado etiladi. U holda namozini tark etgan bir kimsaning ahvoli Iblisdan battarroq bo‘lmaydimi?! Bundan Allohning O’zi asrasin!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Namoz ichida o‘qilgan Qur’onning har bir harfiga Alloh ming savob beradi. Namozdan tashqari, namozdan so‘ng darhol o‘qilgan Qur’onning har harfi uchun Alloh yuz savob beradi. Namozdan tashqarida (boshqa joylarda) o‘qilgan Qur’onning har harfiga Alloh o‘n savob bilan mukofotlaydi.

Qur’onni lozim bo‘lganidek tinglagan kishi uchun Alloh har harfiga ming savob berishni mujdalaydi. Xatm etgan kishining esa har duosi qabul bo‘ladi.

“Ey, farzand!” kitobidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandFaqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne`matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o`chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madadyordam berish zarur. Oila a`zolariga, qarindoshurug`larga, qo`niqo`shnilar, do`stu birodarlarga xasislik qilmaslik давоми...

26101 13:01 / 31.12.2018
3Yuqoridagi fikrga kelishib olgach, ular Ya`qubning oldiga kelishdi. Ya`qub Yusufdan xavotir olar edi. Inilari unga hasad qilishlarini va uni yoqtirmasliklarini bilar edi. Ya`qub Yusufni akalari bilan birga yubormas edi. Yusuf akalari bilan birga o`ynar, ammo uzoqqa ketmas edi. Akalari buni давоми...

6135 15:30 / 08.03.2019
Hajarul asvad nima ekanini bilasizmi Hajarul asvad .qora tosh, degani. Aslida mening nomim hajarul asad, yani baxt toshi bolgan. Men jannatdan tushganman. U paytda nuqradek shaffof oq tosh edim. Oh... jannat qanday joyki Shu desangiz men yerga tushgandan keyin arab sahrosida yana bitta oy paydo давоми...

5755 13:26 / 01.12.2024
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2858 19:08 / 13.06.2020
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021