1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Iymon qal’asi

18:00 / 05.12.2018 7439 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Iymon besh burchli qal’aga o‘xshaydi.

Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po‘latdan, to‘rtinchi burji tunj (bronza, ruh) dan, beshinchi burji misdan.

Qal’a ichiga o‘g‘ri kirsa, qimmatli narsalarni o‘maradi. Iymon qal’asining o‘grisi – shayton.

Mis burji – adabdir. Adab bo‘lmagan joyga shayton kiradi. Adab burjiga shayton yo‘llay olmaydi. U zotning iymoni ozod, najot topadi. Po‘lat deganimiz vujud, temir deganimiz tandir. Tunj deganimiz farzdir. Kumush deganimiz – ixlos. Oltin deganimiz – Allohga yaqinlik.

Kimning adabi bo‘lsa, sunnatga yo‘l topadi.

Sunnatga amal qilgan ixlosga yo‘l topadi. Ixlosli kishi Allohga yaqinlashadi. Yaqinlikka erishgan esa Allohga vosil bo‘ladi.

Adabga e’tibor etmagan sunnatdan uzoq qoladi. Sunnatga ahamiyat bermaganning farzi qusurli bo‘ladi. Farzi qusurli bo‘lganning samimiyati bo‘lmaydi.

Berganini Alloh roziligi uchun bergan, sevganini Alloh rizosi uchun sevgan, sevmaganini tag‘in Alloh rizoligi uchun sevmagan kishining iymoni komildir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Ey, sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Odobi, xulq-atvori, tarbiyasi, tabiati go‘zal bo‘lib, insonlarga yaxshilik qiluvchingiz sizlarning iymonda mukammalingizdir».

Haqiqatan bu to‘g‘rida Alloh marhamat etadi:

«Va albatta, sen buyuk xulqdasan» (Qalam surasi, 4-oyat).

Bu oyatda Alloh Habibini vasf etmoqda, maqtamoqda. Agar bir kishi go‘zal axloqqa ega bo‘lsa, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning axloqlari bilan axloqlangan bo‘ladi. Uning axloqi bilan axloqlangan, Uning yo‘lini tutgan bo‘ladi.

Shunday kishi qo‘rquvdan xoli va kutganiga noil bo‘ladi. Ya’ni kutgan ma’naviy maqomiga, ma’naviy yuksakliklariga erishadi. Haqiqiy ummat bo‘lish bilan sharaflanadi.

Kishi ko‘ngliga yomon bir fikr kelsa, uning yomonligini bilmoq imondandir.

Sahobayi ikromdan ba’zilar bir kun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga shunday dedilar:

«Yo Rasululloh! Ba’zan ko‘nglimizga shunday yomon fikrlar keladiki, bundan ko‘ra olovda yonganimiz yaxshiroq. Bu yomon, yaramas fikrlardan so‘ng battar behuzur bo‘lamiz».

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday javob berdilar:

«Bunday yomon narsalar ko‘nglingizga kelganda yomonligini bilishingiz iymondandir. Chunki ko‘ngilga yaxshi narsalar kelganidek, yomon narsalar ham kela oladi».

Ey, farzand!

Iymoni mukammal bo‘lishini istagan kishi kamtarin, tavoze’li bo‘lishi kerak. Imoni komil bo‘lishni istamoq va buni ta’minlashga kirishish har mo‘minning vazifasidir. O’zini insonlarning eng zaifi, ya’ni ibodati eng kami deb bilishi kamolotidan nishonadir.

Ikki narsa mo‘minning iymonini komil qiladi, kamolotga yetkazadi:

1. O’zini mo‘minlarning, insonlarning eng zaifi, ya’ni eng zaif iymonlisi deb bilish.

2. O’zi kambag‘al bo‘la turib, muhtojlarga yordam berishga shoshilish.

Ey, farzand!

Iymon bor joyga ichkilik kirmaydi.

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«To‘rt narsa iymonni falokatga sudraydi:

1. Bilganiga amal qilmasdan, bilmaganiga amal qilish.

2. Bilganini o‘rgatmaslik.

3. Bilmaganini orlanib so‘ramaslik.

4. O’rganganga to‘siq bo‘lib, o‘rganmoqqa qo‘ymaslik».

Мавзуга оид мақолалар
Lekin Muso qaerga borsin Axir Misrning barcha yeri Firaposavn mamlakatiku Firaposavn jallodlari hamma joylarda qarg`a ko`z va chumoli belgi bo`lib, uni izlab izg`ib yurishibdi Alloh Musoga arab shahri Madyanga ketishni ilhom qildi. Chunki u yerga Firaposavnning qo`li yetmasdi. Sahroda joylashgan давоми...

3110 15:29 / 07.11.2021
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2858 19:08 / 13.06.2020
Musoning onasi emizishni tugatgach, bolani qasrga qaytardi. U saroyda huddi shahzodalardek ulg`aydi. Shu bois shohlar va boybadavlat kimsalar qarshisida esankirash, o`zini yo`qotib qo`yish unga begona edi. Muso Firaposavn va uning ahli qanday nematlar ichida yashayotganiga shaxsan guvoh bo`ldi. давоми...

2525 17:30 / 10.10.2021
Ey, farzandPayg`ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Uch narsada sabr etgan kishi yuksak darajalarga yetadi1. Nafsining istaklariga sabrli bo`lganning jannatda har nafasiga Alloh uch yuz daraja beradi.2. Kim ibodat iztiroblariga sabr etsa, Alloh taolo o`sha kishining sabri uchun давоми...

6374 12:45 / 16.02.2019
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021