1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kirsam maylimi?

14:40 / 01.04.2019 4745 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so‘rashni o‘rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo‘lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni bilasiz-a? Ha, yaxshi, barokalloh! Birovning uyiga chaqirmasdan kirish u yoqda tursin, hatto ko‘z tashlash, «Ichkarida kim bor ekan?» deb qarab qo‘yish ham mumkin emas. Shuning uchun eshikni taqillatish yoki «Ichkariga kirsam maylimi?» deya uy egasini chaqirish kerak bo‘ladi.

Demak, eshik yopiq bo‘lsa ham, ochiq bo‘lsa ham, ichkariga qaramasdan eshikning ro‘parasida emas, balki uning o‘ng yoki chap tomonida turib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosasiz yoki eshikni uy egalari eshitadigan darajada taqillatasiz. Juda qattiq taqillatib, ularni cho‘chitib yubormaysiz. Lekin juda sekin taqillatsangiz ham, ichkaridagilar eshitmasligi mumkin. Istasangiz, eshikni taqillatmay, balandroq ovozda kerakli kishini chaqirishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqni chalib, eshikni taqillatib yoki ovoz chiqarib chaqirish uch marta bo‘ladi, undan ko‘p chaqirish odobsizlik hisoblanadi. Har bir chaqirishning orasida biroz kutib turasiz. Ichkaridan birov «Kim?» deb so‘rasa, ismingizni aytib, o‘zingizni tanishtirasiz. Mabodo, kirishga ruxsat bo‘lmasa, masalan, «Uyda hech kim yo‘q edi» kabi gaplar aytilsa yoki uch marta chaqirganingizda ham javob bo‘lmasa, indamay qaytib ketishingiz kerak, hatto eshik ochiq bo‘lsa ham, kirib ko‘rishingiz mumkin emas.

Xuddi shuningdek, o‘z uyingizda ham ota-onangiz yoki opa-ukalaringiz o‘tirgan yoki yotgan xonaga ruxsatsiz kirish kerak emas. Bunda ham, hozir aytilganidek, yo eshikni taqillatasiz, yo ovoz chiqarib chaqirasiz. Ruxsat berilsagina, kirasiz.

Bolajonlar, biror joyga kirish uchun ruxsat so‘rash nega buncha muhim ekan, deb o‘ylayapsizmi? Masalan, maktabda biror sinfxonaga ruxsat so‘ramay kirsangiz, darsga xalaqit qilishingiz mumkin. Yoki birovning xonadoniga yo o‘z uyingizda kimningdir xonasiga ruxsat so‘ramay kirsangiz, u yerdagilar kiyim almashtirayotgan bo‘lishi yoxud uxlash uchun yotgan bo‘lishi, yo bo‘lmasa, boshqa turli holatlarda turgan bo‘lishi mumkin. Shunda noqulay vaziyat yuzaga keladi. Mana shunday noxush yoki xijolatli holatlarning oldini olish uchun ruxsat so‘rab kirish kerak.

Yana bir gap – ruxsat so‘rasangiz ham, birovning uyiga yoki xonasiga istagan vaqtingizda boravermang. Masalan, namoz vaqtida, ovqatlanish vaqtida yo kech bo‘lib, uyquga yotish vaqti bo‘lganda bormagan ma’qul.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Bani Isroilga nisbatan Fir`avnning adovatini ko`rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulmzo`ravonlik qilishda Fir`avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so`kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil давоми...

3627 14:00 / 27.06.2022
Vaaposda kuni choshgohda odamlar to`pto`p bo`lib uylaridan maydonga chiqishganini ko`rasan. Bolalar, yigitlaru qariyalar, erkagu ayol maydonga qarab yurardilar. Uyda bemorlar va yura olmaydigan ojizlardan boshqa hech kim qolmadi.Firaposavnning bosh shahri bo`lmish Matariyya faqat sehr va sehrgarlar давоми...

2551 16:00 / 20.02.2022
Ey, farzandQo`shniga duch kelganda salom berib, holahvol so`rashish, xasta bo`lsa, ziyoratida bo`lish zarur.Qo`shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo`shnini xafa qiluvchi ishlardan saqlanish kerak.Qo`shni biror narsa so`rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil давоми...

32579 15:10 / 20.01.2019
Aziz bolajonim Bobongiz, buvingiz, otaonangiz yoki boshqa kimdir sizni erkalasa, mahkam quchoqlasa, sayr qildirsa, o`ynatsa, yuzlaringizdan o`psa, chimchilasa, bilingki, ularning qalbiga Alloh mana shunday mehrmuhabbat joylagan. Sizni ko`rganda ichichidan quvonchga, zavqu shavqqa to`ladi.Mehr давоми...

7172 11:03 / 29.01.2019
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021