1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Otа-onаngizni e'zozlаng!

11:30 / 06.04.2019 4506 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar! Barchamiz bizni dunyoga keltirgan, tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onamizni hurmat qilishimiz, e'zozlashimiz lozim. Quyida shu haqda ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:

Har kun ertalab uyqudan turgach, maktabdan kelganingizda, ota-onangiz ishdan yoki boshqa biror joydan kelganlarida ularga salom bering.

Biror joyga chiqmoqchi bo‘lsangiz yoki biror ish qilmoqchi bo‘lsangiz, ota-onangizdan ruxsat so‘rang. Ular ruxsat bersalar yaxshi, ruxsat bermasalar xarxasha qilib ularni ranjitmang. Shuningdek, ularning xonalariga ham hamisha ruxsat so‘rab kiring.

Ota-onangiz buyurgan har bir yaxshi ishni bajaring. Dangasalik qilib «Yo‘q» demang. Ularga quloq soling.

Ovqatlanganda avval ular ovqatni boshlab berishlarini kuting. Ulardan oldin dasturxonga qo‘l uzatmang, beodoblik bo‘ladi.

Yo‘lda yurganda ota-onangizdan oldinda yurmang. Ularning ortida yoki yonida yuring.

Ota-onangiz biror ish qilganda ularga yordamlasha olsangiz yordamlashing. Bo‘lmasa, ularga xalal bermang.

Ota-onangiz sizga qilgan yaxshiliklari uchun ularga rahmat ayting. Ularni yaxshi ko‘rishingizni tez-tez aytib turing. Yuzlaridan, qo‘llaridan o‘pib ularga mehringizni izhor qiling.

Ulardan tez-tez hol so‘rab turing. «Dadajon, yaxshimisiz?», «Oyijon, yaxshimisiz?», «Sog‘ligingiz yaxshimi?», «Ishdan yaxshi keldingizmi? Charchamadingizmi?» deb ularning holidan xabardor bo‘ling.

Ularni ko‘p duo qiling. Аyniqsa, namoz o‘qiganingizdan keyin, Qur'on tilovat qilganingizdan keyin ularni ko‘p-ko‘p duo qiling. «Аllohim, ular bizni kichikligimizdan to hozirgacha tarbiyalagani kabi O‘zing ularga rahm qil. Ularga yaxshiliklar ber, umrlarini uzoq qil. Hamisha xursand, baxtli bo‘lsinlar», – deng.

Ota-onangiz charchagan vaqtda sho‘xlik qilib, shovqin solib ularni battar qiynamang. Biroz dam olgunlaricha o‘z xonangizda bo‘lib turing.

Kech bo‘lganda ota-onangiz bilan xayrlashib, ularga yaxshi tilaklar bildirib, o‘z o‘rningizga borib yoting.

Ota-onaning yaqinlari – buvi-buva, amma-xola, tog‘a-amakilarni hurmat qilish ham ota-onani hurmat qilishdek muhimdir. Ota-onasini hurmat qilgan bola ularni ham hurmat qiladi. Shuningdek, aka-ukalar, opa-singillar bilan ham ahil-inoq bo‘lish lozim. Bir-biriga yaxshi muomala qilib, ishlarida yordamlashish kerak. O‘zaro urishmang. Bundan ota-onangiz xafa bo‘ladilar.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz va qadrli bolajonlar Biz sizlarga Abul Hasan Ali Hasaniy anNadaviyning Payg`ambarlar qissasirdquo nomli asarini basmabas taqdim etib boramiz. Ma`lumki, barcha tengqurlaringiz kabi siz ham qissayu hikoyalarga, ularni eshitish va o`qishga judajuda qiziqasiz. Sizga, barcha musulmon farzandlariga давоми...

24252 00:06 / 30.09.2018
Hajarul asvad nima ekanini bilasizmi Hajarul asvad .qora tosh, degani. Aslida mening nomim hajarul asad, yani baxt toshi bolgan. Men jannatdan tushganman. U paytda nuqradek shaffof oq tosh edim. Oh... jannat qanday joyki Shu desangiz men yerga tushgandan keyin arab sahrosida yana bitta oy paydo давоми...

5754 13:26 / 01.12.2024
Alloh ularga huddi Nuh ummati va od qavmiga yuborganidek, elchi yuborishni xohladi. Albatta Alloh bandalarining kufr botqog`iga botishiga rozi bo`lmaydi, albatta Alloh yerda buzuqlikni yoqtirmaydi. Ularning ichida Solih ismli, obro`li xonadonda tug`ilib, aqlli va salohiyatli bo`lib voyaga yetgan давоми...

7650 16:00 / 27.03.2021
Zunnuni Misriy hazratlari deydilarki Shu o`gitlarni tutgan kishining dunyosi va oxirati obod bo`ladi.Me`dasi ovqat bilan to`la kishining ko`nglidan ilmu hikmat joy olmaydi.Gunoh qilishdan saqlangan kishilarga mujdalar bo`lsinGunohlardan saqlanmoq yo`li ndash kam yemoqdir.Oz yemoq, ko`p zikr etmoq давоми...

5299 14:08 / 08.12.2018
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021