1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sir fosh bo‘ladi

15:00 / 24.10.2021 2752 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ikkinchi kuni Muso o‘sha Bani Isroillikni yana boshqa qibtiy bilan urushib, janjallashib turganini ko‘rdi. Bani Isroillik uyalmasdan yana uni yordamga chaqirdi. Muso unga dedi:

- Sen yaramas odam ekansan. Hadeb hamma bilan yoqa bo‘g‘ishaverasanmi? Yana tag‘in baqirib, meni yordamga chaqirasan?! Nima, hamisha yoningni olib, yordam berishim kerakmi? «Albatta sen ochiq adashgan (kimsa)dirsan». Muso qibtiyga biroz odob berib qo‘yish niyatida ular tomon yurdi. Lekin Musoning malomatini eshitgan, g‘azablanganini ko‘rgan qibtiy «Muso meni urgani kelayapti» deb o‘yladi. U o‘zining kechagi qibtiy holiga tushib, hal qiluvchi zarba yeyishidan qo‘rqdi.

«Bas (Bani isroillik kishi) dedi: - Ey Muso ! Kecha bir jonni o‘ldirganing kabi meni ham o‘ldirishni xohlayapsanmi? Aniqki, sen yer (yuzi)da zo‘ravon bo‘lmoqni istaysan. Va isloh qilguvchilardan bo‘lishni xohlamaysan».

Bu so‘zlarni eshitgan qibtiy qotilning Muso ekanligini bilib qoldi va Fir'avn mirshablariga Muso qotil ekanini xabar yetkazish uchun yugurdi.

Xabar Fir'avnga yetib kelgach u qattiq darg‘azab bo‘ldi.

- U saroyda sut emib, katta bo‘lgan haligi boqimanda bolami?! Muso Alloh irodasi bilan Fir'avn va uning jallodlari qo‘lidan omon qoldi. Chunki u Qibtiyni qasddan o‘ldirmagan edi. U faqat bir zarba urganida hal qiluvchi zarba bo‘lgan edi.

Lekin Fir'avn jallodlari omon qo‘ymas va bu uzrni qabul qilmas edi.

Alloh taolo Fir'avn mulkini Muso qo‘li bilan yo‘qotishni, Bani Isroilni uning vositasida jabr-zulmdan xalos qilishni iroda etgan edi.

Alloh bitgan taqdirga ko‘ra Muso insonlarni o‘zlari kabi ojiz qullarga sig‘inishdan yolg‘iz, qudratli Allohga ibodat etishga olib chiqishi lozim edi. Agar zolim jallodlar qo‘li yetib kelsa unda ahvol qanday bo‘ladi!

Fir'avn a'yonlari o‘zaro kengashib, Musoni qatl qilishga qaror qildilar.

Bas sen bu (shahardan) chiqib ketgin. Albatta men senga xolis bo‘lgan kishilardandirman», dedi. Bas qo‘rquvga tushib (ortidan yetib kelib qolishlariga) ko‘z tutgan holda u yerdan chiqib, dedi: «Parvardigorim, O‘zing menga bu zolim qavmidan najot bergin».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad


Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Muso alayhissalom Allohga duo qildi. Pok Parvardigor Bani Isrol qavmiga bir sigir so`yishni vahiy orqali buyurdi. Xuddi mana shu yerda masala chigallashdi. Bani Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi. .Eslang Muso o`z qavmiga .Alloh bir sigir so`yishlaringni buyurdi, deganda ular давоми...

5676 15:00 / 02.01.2023
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sizning tengdoshlaringizga o`ta mehribon bo`lganlari haqida bilasizmi Bu haqda juda ko`plab hadislar rivoyat qilingan. Keling, ulardan biri bilan tanishamiz. Abdulloh ibn Ja`far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.Nabiy sollallohu alayhi давоми...

10217 10:24 / 21.01.2019
Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini malum qildi.Muso goyat xafa bolib, gazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogasi Horunga gazab qildi. .Muso qaytib kelgach dedi .Ey Horun, sen ularning yoldan ozganlarini korgan paytingda mening ortimdan borishingdan va menga bu давоми...

2920 11:00 / 18.12.2022
Firaposavnning jinniligi qo`zidi. Firaposavn joyida o`tirolmay qoldi. Momoqaldiroq bo`lib guldiradi, yashin bo`lib chaqnadi. Bechora Firaposavn Bugun u kutmagan narsalar bo`ldi. U Musoni sehrgarlar bilan mag`lub qilmoqchi edi. Sehrgarlar esa endi Musoning qo`shiniga aylandi. Firaposavn sehrgarlarni давоми...

3137 09:30 / 13.03.2022
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021