1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bani Isroilning qaysarligi

15:43 / 31.10.2022 2378 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Isroil farzandlari o‘jar tabiatli bolaga o‘xshardilar. Ular buyurilgan ishning teskarisini qilishni va masxaralashni yaxshi ko‘rishardi. Bu qavm o‘zlariga aytilgan narsani albatta almashtirish kerak, deb turardi. Xuddi o‘jar bolalar kabi: Agar siz ularga «Tur!», desangiz o‘tirib olishadi. «O‘tir!», degan buyruqni eshitishlari bilan

sakrab turishadi. «Jim bo‘l!», deyilganda gapirib, «Gapir!», deyilsa jim turishadi.

Bani Isroilning o‘jarligida nodonlik, jinnilarcha hatti-harakat va maraz ishoralar ham bor edi.

Ular bir qishloqqa tushib uning sabzavot va poliz ekinlaridan tashkil topgan ishtahali ovqatlaridan yemoqchi bo‘ldilar. Lekin Alloh taolo izn bergach: «Ushbu qishloqqa (Quddusga) kiringlarda, undan xohlagan joylaringizda yeb-ichinglar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kiringlar va «avf et» denglar, biz xatolaringizni mag‘firat qilamiz va yaxshilik egalariga ziyoda ne’matlar ato qilamiz».

Bani Isroil ushbu ilohiy amrdan o‘zlaricha darg‘azab bo‘ldilar. Ular shaharga xohlamasdan istehzo qilib orqalari bilan yer supirib-sudralib kirdilar.

«Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so‘zdan boshqa so‘zni almashtirib aytdilar».

Alloh taolo ular ustiga balo tushirib, vabo balosini yubordi. Qavm sichqon o‘limidek o‘lib ketdi. Agar ularga bir narsa buyurilsa, titkilab qayta-qayta savol berishaverardi. Kishi bir ishni qilgisi kelmasa, turli bahonalar bilan vaqtni cho‘zib yuraveradi. Hadeb savollar beradi. Bani Isroil orasida qotillik sodir bo‘ldi. Bu narsa Bani Isroilni tashvishga solib qo‘ydi. Odamlar har qancha urinmasinlar haqiqiy qotilni topisha olmadi. Qotil haqidagi so‘rov odamlarni kunlik suhbatiga aylanib qoldi. So‘ng Muso alayhissalom huzuriga keldilar:

- Ey Allohning Payg‘ambari! Mana shu muammoda bizga yordam bergin. Parvardigoringga duo qil. Qotilning kimligini bildirsin.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Od qavmining kuchi, o`zlariga va insonlarga zararli bo`lib qoldi. Chunki ular, Allohga va oxirat kuniga ishonib, iymon keltirmadilar. Ularni nima zulmdan va dushmanchilikdan man qiladi Nima uchun insonlarga zulm qilmasinlarki, ular o`zlaridan yuqorida hech kimni kuchli deb ko`rmaydilar. Hisob давоми...

3114 15:00 / 19.12.2020
Аlloh, bu elchi inson bo`lishini, u insonlardan biri bo`lishini, uni insonlar tanib, so`zlarini tushunishlarini xohladi. Аgar, elchi farishta bo`lganida, odamlar Bu kimu, biz kim U farishta bo`lsa, biz esa inson bo`lsak Biz yeb, ichamiz. bizning ahlimiz va farzandlarimiz bor. Qanday qilib, давоми...

5765 15:05 / 10.11.2019
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5483 20:25 / 01.06.2020
Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cholda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yollarini yoritsinlar.Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi давоми...

3956 09:00 / 29.01.2023
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021