1447 йил 4 зулқаъда | 2026 йил 21 апрель, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kalitning hikoyasi

15:27 / 27.01.2025 3383 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qayerdaki uy-joy boʻlsa, bilingki, unga kiradigan eshigi bor. Hatto qadimda butun boshli shahar va qalʼalarning ham kirish-chiqish darvozalari boʻlgan. Kerak paytda ochilgan, boshqa paytda yopilgan. Eshigi, darvozasi boʻlgandan keyin uning qulfi va kaliti ham boʻladi-da, toʻgʻrimi? Dunyoda nechta kalit borligini, ularning son-sanogʻini bilmayman-u, biroq men ular orasida eng boshqachasi, eng baxtiyoriman. Maqtanyapti demang, aslida maqtanish menga yarashmaydi. Biroq Allohning uyi – Kaʼbatullohning eshigi mensiz ochilmaydi-da. Ana shunaqa! Shunday ekan, dunyodagi qaysi kalit mening oʻrnimda boʻlib qolishni orzu qilmaydi, deysiz?!

Bilasizmi, baxtiyorligimning yana bir sababi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning moʻjizalariga kamina ham guvoh boʻlganman. Xoʻsh, bu qanday moʻjiza edi, deysizmi? U holda men aytmoqchi boʻlgan hikoyaga yaxshilab quloq soling.

U paytda Islomga kirib, musulmon boʻlgan kishilar din dushmanlari tazyiqiga uchrab, yashirincha Madinaga koʻchib keta boshlashgan edi. Shunday kunlarning birida hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Usmon ibn Talhadan Kaʼbaning kalitini berib turishni soʻradilar. Chunki kalit Usmonda turardi. Bundan men judayam-judayam xursand boʻlib ketdim.

Axir u kishi muborak qoʻllari bilan meni ushlab, Kaʼbatullohning eshigini ochadilar-u xursand boʻlmaymanmi? Biroq xursandchiligim uzoqqa choʻzilmadi. Usmon ibn Talha Allohning Rasuliga Allohning uyining kalitini bermadi. Buning ustiga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qoʻpollik ham qildi. Kalit egasi Ibn Talha musulmon boʻlmagan, Makka mushriklaridan edi-da. Oʻshanda Paygʻambarimizning soʻzlari yerda qolganini, ahvollarini koʻrib zor-zor yigʻlaganman. Egam – Usmon ibn Talhani laʼnatlaganman. Undan jirkanganman. Ixtiyorim uning qoʻlida nima ham qila olardim deysiz?

Shunday qilib Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Kaʼbatullohga kira olmay, Madinaga joʻnab ketdilar. Oradan yillar oʻtib musulmonlar u zot boshchiliklarida Makkani fath etishdi. Bu oliy dargoh musulmonlar qoʻliga oʻtdi. Oh, bu kunni men ham qanchalar orziqib kutgan edim. Axir Allohning uyi musulmonlarniki boʻlmay yana kimniki ham boʻlishi mumkin? Ana endi Paygʻambarimizga Kaʼbatullohning kalitini bermagan, buning ustiga qoʻpollik qilgan mening sohibim ibn Talhaning holi nima kechar ekan deb oʻtiribman.

Vakil kelib, Ibn Talhani hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam chaqirayotganlarini aytdi. Sezdim, kalit uchun chaqirtiryaptilar. Ibn Talha hamisha meni oʻzi bilan olib yurardi. Qozoni mening orqamdan qaynardi-da. Shuning uchun u qoʻrqib ketdi. Xuddi meni oxirgi marta ushlab turgandek, qoʻllari titrardi. Oʻshanda qilgan odobsizligi uchun ich-ichidan achinardi. Ammo endi kech edi. U yerdan koʻzini uzmay meni Paygʻambarimizning muborak qoʻllariga topshirdi. Yuzlariga qaray olmadi. Hamma mushriklar qatori adashganini bildi. Oh, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak qoʻllarida kaminaning qanchalar yayrab ketganimni bilsangiz edi...

U kishi Kaʼbatullohga kirishdan oldin, uning ichini mushriklar sigʻinadigan but-sanamlar, suratlardan tozalattirdilar. Shundan keyin bir necha sahoba bilan Kaʼbatullohga kirdilar. Ular orasida Usmon ibn Talha ham bor edi. Paygʻambarimiz namoz oʻqidilar. Shundan soʻng Kaʼbatullohning eshigi yopildi, unga qulf tushdi. Men yana Paygʻambarimiz alayhissalom qoʻllarida paydo boʻldim. Endi meni oʻzlari yaxshi koʻrgan sahobalardan biriga topshirsalar kerak deb oʻtiribman. Ibn Talha esa hanuz qattiq hayajonda. Oʻziga kela olmayapti. Axir Madinaga ketish oldidan boʻlgan voqeani kim ham esdan chiqarardi deysiz? Ammo unday boʻlmadi. Hammaning koʻz oldida moʻjiza yuz berdi. Hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Usmon ibn Talhani chaqirib, uning qoʻliga kalitni berdilar-da: «Uni abadiylikka olinglar, uni sizga men berganim yoʻq. Uni sizga Alloh berdi, uni sizdan faqat zolimgina tortib olishi mumkin», dedilar...

Usmon ibn Talha yana mening sohibim boʻlib qolganiga ishonib-ishonmay yigʻlab yubordi... Endi u boshqa Ibn Talha edi. Buni men bir parcha sovuq temir boʻlsam ham sezdim. Hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga qanchalar marhamat koʻrsatdilar-a?! Talhaning avlodlari shu imtiyozga koʻra bugungi kungacha meni oʻzlarida saqlab, sodinlik – xodimlik qilib kelishadi.

Erkin bobo

«Hilol» jurnali 5(62) son

 

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandBomdodni o`qigach, masjiddan chap oyoq bilan chiqiladi va shunday duo qilinadi.Allohim Menga fazlu karaming bilan rahmat eshiklarini och,O`ng oyoq tashqariga olinayotganda shunday niyat qilinadi.Allohim Peshin namozini o`qishimni menga nasib ayla,Peshinni o`qib asrga, asrni o`qib shomga, давоми...

8620 14:02 / 08.11.2018
Muso qizlarnikida katta hurmatizzat ko`rdi. Ular bu g`arib yigitni xuddi o`z farzandlaridek ko`rib izzatikrom qilishdi.Kunlarning birida qiz otasi huzuriga kelib maapossumalik bilan shunday dedi .Ey ota, uni ishga yollagin. Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir,.Chol dedi давоми...

10091 15:00 / 05.12.2021
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

1936 16:13 / 24.10.2022
1 Yusuf kichkina bola edi. Uning o`n bir akasi bor edi. Yusuf chiroyli bola edi. Yusuf ziyrak bola edi. Uning otasi Ya`qub hamma inilari orasida uni ko`proq yaxshi ko`rar edi. Kechalarning birida Yusuf ajoyib tush ko`rdi. Tushida o`n bitta yulduz, quyosh va oyning unga sajda qilayotganini ko`rdi. давоми...

6365 15:00 / 28.02.2019
Аудиолар

232708 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151231 14:35 / 11.08.2021