1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Iymon duosi

10:00 / 15.12.2018 49842 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sevimli sahobalarim! Qiyomatga qadar keladigan ummatlarim! Tongda to‘shagingizdan turar-turmas shu duoni o‘qing:

«Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil aziym».

O’sha kuni kechgacha qilgan gunohingizni Alloh kechiradi».

Bir boshqa hadisi shariflarida shunday deydilar:

«Kim shu duoni kunda o‘n marta o‘qisa, o‘sha kishiga Alloh qirq ming savob ehson aylaydi».

«Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu. ilahan vahidan somadan lam yattaxiz sohibatan va la valadan. va lam yakul lahu KUFUVAN ahad».

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

«Bir kishi bir joyda shu (quyidagi) duoni o‘qisa, o‘sha joydan turmay turib, shirk va birovning haqqidan tashqari barcha gunohlarini Alloh kechiradi».

Shirkning jazosi – jahannam. Birovning haqqi esa haqlarni rozi qilish bilan kechirmadi.

Duo budir:

«Subhanakallohumma va bihamdika. Ashhadu anla ilaha illa anta vahdaka. La shar’iyka laka va astag’firuka va atubu ilayka».

Abu Bakr Qittoniy hazratlari deydilar:

«Bir kecha Rasulullohni sallallohu alayhi vasallam tushimda ko‘rdim. Bir necha savollar berdim. Va dedimki:

«Yo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam! Menga shunday bir duo o‘rgatingki, aytganimda qalbimni tirik topayin!»

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat etdilar:

«Har tong shu duoni o‘qi:

Ya hayyu ya qayyumu. Ya badiyas samavati val arzi. Ya zal jalali val ikrom. ya la ilaha illa anta as’aluka an tuhyiya qolbiy binuri marifatika. Ya alloh! ya alloh! ya alloh!»

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam har doim, hatto vafot etayotganlarida ham shu duoni o‘qidilar:

«Subhanallohi va bi hamdihi astag’firulloha va atubu ilayh».

Мавзуга оид мақолалар
8Alloh insonlarga qattiq g`azab qilib, ularni laaposnatladi. Nima uchun Alloh insonlarga g`azab qilib, ularni laaposnatlamasin Ularni shuning uchun yaratganmi Shuning uchun ularga rizq berganmiAllohning yerida yurib, uning ustida Allohga kufr keltiradilarAlloh bergan rizqni yeb, Allohga shirk давоми...

6268 19:30 / 20.10.2019
18 Yusuf gap boshlab, ularga shunday dedi Sizlar qaerdansiz Biz Kan`ondanmiz. Otangiz kim Ya`qub ibn Ishoq ibn Ibrohim ularga Allohning salavoti va salomlari bo`lsin. Sizlarning boshqa ukalaringiz ham bormi Ha, bizning yana Binyamin ismli ukamiz bor. U nega sizlar bilan birga kelmadi Otamiz uni давоми...

12816 12:40 / 05.06.2019
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5485 20:25 / 01.06.2020
Ey, farzand Tahorat oladigan joy toza bo`lishi kerak. Bu xususda janob Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar.Tahorat ushatgan joyingizda tahorat olmangiz. Tahorat suvining har tomchisiga bir yillik namoz savobi beriladi,.U zot sallollohu alayhi vasallam yana bir давоми...

34292 14:03 / 30.10.2018
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021