1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sen Fir'avn oldiga borgin! Darhaqiqat u haddidan oshdi

14:00 / 19.12.2021 3350 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Shundan so‘ng Alloh taolo Muso alayhissalomga faoliyatga kirishishni amr qildi. Aslida, Muso mana shu ish uchun yaratilgan edi. Fir'avn yer yuzida haddidan oshib, tug‘yonga tushdi, buzg‘unchilik qildi. Uning qavmi Allohga kufr keltirdi. Ular ham Allohning yerida buzg‘unchilik qildilar.

Alloh taolo esa bandalariga kufrni xohlamaydi. Pok Parvardigor yer yuzida buzg‘unchilikning yoyilishiga rozi bo‘lmaydi.

Alloh taolo Musoni Fir'avn va uning qavmi oldiga borishni buyurdi.

«Albatta ular fosiq qavm bo‘lgan edilar».

Lekin Muso qanday qilib ular oldiga bora oladi?! Qanday qilib u zolimga ro‘baro‘ bo‘ladi?! Axir Muso kechagina bir qibtiyni o‘ldirib qo‘ymaganmidi?! Kechagi kun uzoq emasku?!

Misrdan qo‘rqa-pisa yashirincha chiqib ketmaganmidi?!

Fir'avn jallodlari ham, qasr ahli ham uni yaxshi taniydiku?!.

«(Muso) dedi: Parvardigorim! albatta men ulardan bir jonni o‘ldirib qo‘yganman. Bas (endi) meni o‘ldirishlaridan qo‘rqaman».

Muso tilining duduqligi haqida zikr qildi. Lekin Alloh bularni barchasini biladi. Mana shularning barchasi bo‘lishiga qaramasdan Musoni borishini xohlar edi.

Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin. Fir'avn qavmiga. (Bizdan) qo‘rqmaydilarmi?!» deb nido qilganini esla.

U: «Ey Robbim, ular meni yolg‘onchi qilishlaridan qo‘rqaman. Va dilim siqilishidan hamda tilim burro bo‘lmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil. Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni o‘ldirishlaridan xavfdaman», dedi.

U zot: «Yo‘q! Bas, ikkingiz Bizning oyat-mo‘'jizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchilarmiz. Bas, Fir'avnga boringlar va unga: «Biz Robbul Olamiynning Payg‘ambarlarimiz. Bani Isroilni biz bilan qo‘yib yubor», deb aytinglar, dedi.

Alloh taolo Muso va Horunga Fir'avn bilan yumshoq muomalada bo‘lishni tavsiya qildi.

Alloh taolo hatto Fir'avndek dushmanlari bilan ham ma'lum chegarada turib muloyim muomalada bo‘lishni xush ko‘radi.

«Bas unga yumshoq so‘z so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan qo‘rqsa)».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2858 19:08 / 13.06.2020
Ey, farzandRasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o`qishi kerak .Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi robban va bil islami diynan. Va bi muhammadin sallallohu давоми...

18055 17:08 / 18.11.2018
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

4791 10:40 / 20.07.2019
20Nuhning bir o`g`li bo`lib, u kofirlar bilan birga edi. Nuh o`z o`g`lini to`fon ichida ko`rib .Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin, desa, u o`g`il .Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi,, dedi. U esa .Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Faqat rahm давоми...

5431 15:05 / 19.01.2020
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021