1447 йил 20 зулҳижжа | 2026 йил 06 июнь, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Solihning nasihati

10:00 / 25.04.2021 2339 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Solih qavmiga nasihat qilib, ularni aql va hikmat ila Allohga da'vat qilishdan to‘xtamadi. U: Ey birodarlarim! Sizlar abadul abad mana shu yerda qolamiz deb o‘ylayapsizlarmi?! - Mangu muhtasham qasrlar ichida kayf-safo qilamiz degan o‘ydamisizlar?! Sizlar bu bog‘-rog‘lar va anhorlarda doim bo‘lamiz, deb o‘ylaysizlarmi? Sizlar bu ekin va daraxtlar (mevasini) yeyishda bardavom bo‘lasizlarmi? Sizlar tog‘larni o‘y solib yurmoqchimisizlar? Yo‘q, Hech qachon, yo‘q, hech qachon, sizlarning bu xomxayollaringiz hargiz amalga oshmas! Hech qachon o‘ylaganlaringiz bo‘lmaydi! Ey birodarlar! Axir ota-bobolaringiz qayoqqa ketdi?! Ota-bobolaringiz ham muhtasham qasrlar qurishgandi. Ularning ham bog‘-rog‘lari va buloqlari bor edi. Ekinzor va xurmozorlari bor edi. Otalaringizda xuddi sizlar kabi toshlardan qasrlar qurib yashardilar. 

Lekin shuncha mol-mulklari ularga foyda bermadi. Ularni o‘limdan saqlab qoldimi? Axir o‘lim farishtasi otalaringiz jonini dorul baqoga olib ketmaganmidi?! Xuddi shunday sizlar ham bir kuni albatta o‘lasizlar. So‘ng Alloh taolo sizlarni tiriltirib, ne'matlarini nimalarga sarflaganingizdan so‘roq qiladi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Solih tuyaning so`yib, o`ldirilganini bilgach, afsuslandi va juda xafa bo`ldi. Insonlarga qarata .Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu yolg`on bo`lmagan vaaposdadir, Hud surasi, 65oyat dedi.Mana shu yurtda yer yuzida fitnafasod qo`zg`ab yuradigan to`qqizta buzg`unchi kimsa ham yashardi. давоми...

3228 14:53 / 12.06.2021
Insonlar, Solihga kufr keltirib, unga iymon keltirmadilar. Solih ularga vaaposz qilib, butlarga ibodat qilishdan qaytarganida, shunday dedilar .Ey Solih Juda yaxshi bola eding, juda aqlli bola eding, biz seni, insonlarning boyi va ulug`laridan bo`ladi, deb o`ylardik. Biz seni, falonchi va давоми...

3896 14:30 / 08.05.2022
Yangi topilgan va chiroyli bola qasrning quvonchi va xonadonning ovunchog`iga aylandi. Qasrdagi har bir kishi bolani suyub erkalatar hamda yaxshi ko`rib, maqtar edi. Chunki malika bu bolani qattiq yaxshi ko`rardi. Shundan keyin Bani Isroillik jajji go`dakni saroy bekalari va xizmatkorlari qanday давоми...

3295 14:00 / 12.09.2021
Muso Madyan yerlariga yetib keldi. U biror kishini tanimas, biror kishi ham uni tanimas edi. Tunda Musoga kim boshpana beradi U qaerda uxlaydi Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsada Allohning O`zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi. Muso bir quduqdan molhollarini sug`orayotgan давоми...

3643 15:00 / 21.11.2021
Аудиолар

232737 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151290 14:35 / 11.08.2021